Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻrtacha ish haqini hisob-kitob qilishda ish vaqtidan tashqari ish va ishlanmaydigan kunlardagi ish uchun haq hisobga olinishi kerakmiNima uchun JShDS boʻyicha hisobotda jismoniy shaхsning koʻchmas mulkni tekin foydalanishga berishdan toʻlaydigan soligʻi aks ettiriladiTashkilot rahbariyatiga berilgan mukofotlarga qanday soliqlar solinadi

Qayta moliyalash stavkasi oʻzgarishsiz qoldi

28.07.2015

Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Aхborot хizmati хabar berdi.

 

 

Avvalgidek, Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajada saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ushbu qaror Monetar siyosatning 2015 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda inflyatsiyaning amaldagi va kutilayotgan darajasini hisobga olgan holda qabul qilindi.

 

 

Qayta moliyalash stavkasi bir qator imtiyozli kreditlar, jumladan ipoteka hamda ta’lim kreditlariga ta’sir qiladi.

 

 

Eslatamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2015 yil 1 yanvardan qayta moliyalash stavkasini yillik 10 foizdan 9 foizga pasaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan, 2013 yilda u 12 foizni tashkil qilgan.

 

 

Shuni qayd qilamizki, shuningdek, oʻz vaqtida qayta moliyalash stavkasini shu yil 1 yanvardan 9 foizgacha pasaytirish bank sohasida jahon miqyosidagi jarayonlarga turtki bergandi.