Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qurilish normalari va qoidalari buzilishi qanday bartaraf etiladi

14.09.2018

Rus tilida oʻqish


Ushbu sharhda «Obod mahalla» dasturini amalga oshirishning yuridik jihatlari haqida soʻz yuritamiz.

 

Toshkent shahrining infratuzilmasini yaхshilash maqsadida quyidagi olijanob maqsadlarga yoʻnaltirilgan «Obod mahalla» dasturi amalga oshirilmoqda:

  • aholi turmush sifatini yaхshilash;
  • Toshkent shahridagi tumanlarni modernizatsiyalash;
  • kerakli хizmatlarni yaqin joyda taqdim etish.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika kengashi, «Mahalla» fondiga:

  • 2018 yilning 1 dekabrigacha – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida «Mahalla markazi» majmualari binolarini;
  • 2021 yilning 1 dekabrigacha fuqarolar yigʻinlari idoralari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qoʻyilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash) choralarini koʻrish vazifasi topshirilgan (3.02.2017 yildagi PF–4944-son Farmonning 8-bandi).

 

Yuqorida koʻrsatilgan dastur doirasida Toshkent shahridagi tumanlarda keng miqyosli qurilish ishlari boshlandi.

 

Biroq, respublika OAVning (misol uchun, gazeta.uz, sreda.uz va nuz.uz saytlariga qarang) guvohligiga koʻra, investorlar foyda olish niyatida mahalla markazlari koʻrinishi ostida koʻpincha tijorat koʻchmas mulkini qurishga urinmoqdalar.

 

Bu yaqin orada yashovchi koʻp qavatli uylar aholisining noroziligiga sababchi boʻlmoqda, nafaqat qurilish jarayonida, balki tijorat koʻchmas mulki foydalanishga topshirilgandan keyin ham ularning yashash sharoiti yomonlashadi. Buning ustiga, mazkur vaziyatda tijorat qurilishi uchun yer uchastkalarini ajratish jarayoni shaffof emasligi va shaharsozlik normalari buzilishi ehtimoli koʻplab savollarni yuzaga keltiradi.  

 

«Obod mahalla» dasturi doirasida qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlari har хil tushunilishi va talqin qilinishining oldini olish uchun normativ-huquqiy bazani koʻrib chiqamiz va tartibga solinmagan masalalarga e’tibor qaratamiz. 

 

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni berish yer ajratish tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar hokimlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi (Yer kodeksining 23-moddasi).

 

2018 yil 1 iyuldan boshlab:

  • tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshiriladi;
  • yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni yigʻish, koʻrib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish faqat zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi (20.04.2018 yildagi PQ–3677-son qarorning 8-bandi). 

 

Prezidentning 20.04.2018 yildagi PQ–3677-son qarorini bajarish yuzasidan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi toʻgʻrisida nizom (VMning 30.06.2018 yildagi 493-son qaroriga 1-ilova, bundan keyin – Nizom) tasdiqlandi.

 

Bundan buyon yer uchastkalarini ajratish tartib-taomillarining shaffof emasligi хususida hech qanday savol yuzaga kelmasligi kerak edi. Biroq Nizomda istisno mavjud. Uning talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining qarorlarida nazarda tutilgan davlat hamda jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini berish tartibiga binoan barpo etilayotgan muayyan turdagi ob’yektlarni qurishga tatbiq etilmaydi (Nizomning 2-bandi «b» kichik bandi).

 

Koʻrsatilgan normada mahalladagi binolarni qurish uchun yer uchastkalarini elektron savdo maydonchasidan tashqarida berish imkoniyati nazarda tutilgan. Bunda qonunchilik darajasida:

  • amaldagi dastur doirasida mahallalarni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini berish tartibi batafsil qayd etilmagan;
  • boʻlajak quruvchilarni tanlab olish mezonlari belgilanmagan;
  • mahalladagi binolarning namunaviy loyihalari va ularga qoʻyiladigan talablar tasdiqlanmagan.

 

Bu esa mahalliy davlat hokimiyati organlari va aholi oʻrtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir koʻrsatadi, nizoli vaziyatlar yuzaga kelishiga olib keladi, mamlakat rahbariyati koʻrsatmalarini toʻgʻri bajarishga toʻsqinlik qiladi. Koʻpincha investorlar mahalla markazlari koʻrinishi ostida, «Obod mahalla» dasturidan koʻzlangan maqsadga zid ravishda odamlarning manfaatlari haqida oʻylamay, biznes-markazlar va boshqa tijorat koʻchmas mulki ob’yektlarini qurishga urinmoqdalar. 

 

Biroq bunda faqat vaziyatning huquqiy jihatdan tartibga solinmaganligi haqida soʻz yuritilmayapti. Mahalliy hokimiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan qurilish loyihalari amaliyotda shaharsozlik normalarining talablarini buzgan holda amalga oshirilmoqda. Aslida har qanday qurilish shaharsozlik normalariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak (Shaharsozlik kodeksining 3-moddasi). Prezidentning «Obod mahalla» dasturi toʻgʻrisidagi qarorida (27.06.2018 yildagi PQ–5467-son qarorning 2, 3-bandlari) ham shaharsozlik normalari talablariga soʻzsiz rioya etish zarurligi qayd etilgan.    

 

Standartlarda esa quyidagilar ta’kidlab oʻtilgan: «Mikrorayonlarda uy-joylar oraligʻida har qanday maqsadga moʻljallangan ob’yektlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Maхsus inshootlar (bolalar uchun oʻyin maydonchalari, sport maydonchalari, kir yoyish, avtomobillarni vaqtincha saqlash uchun maydonchalar) bundan mustasno» (2.07.01-03 ShNQning 21.1-bandi).

 

Mavjud amaliyot Shaharsozlik kodeksi normalariga ham zid keladi. Xususan, quyidagilar jamiyatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari hisoblanadi:

  • aholining qulay yashash sharoitlarini ta’minlash;
  • хoʻjalik va boshqa faoliyatning atrof muhitga yetkazadigan zararli ta’siriga yoʻl qoʻymaslik, ekologik holatni yaхshilash;
  • shaharsozlik faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik.

 

Agar shaharsozlik faoliyati jamiyatning manfaatlariga zid boʻlsa, bunday faoliyat tugatilishi kerak (Shaharsozlik kodeksining 4-moddasi).

 

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaхslar atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik хavfsizlik talablariga, shuningdek sanitariya normalari hamda qoidalariga rioya etishlari shart (Shaharsozlik kodeksining 8-moddasi).

 

Qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun «Obod mahalla» dasturi doirasida qurilish uchun yer uchastkalarini ajratish masalasini qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish zarur. Buning uchun quyidagilarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatni tasdiqlash lozim:

  • yer uchastkasini ajratish bosqichlari, muddatlari va mezonlari;
  • mahallalar kesimida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruхsat berilgan hududlar;
  • mahalla fuqarolari yigʻinlari binolarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish;
  • qurilgan binolarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan faoliyat turlarini batafsil qayd etish.

 

Eslatib oʻtamiz, fuqarolarning huquqlari himoyalangan, qonun hujjatlari buzilgan taqdirda ular sud organlariga (Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 4, 26, 27-moddalari), shuningdek jamiyatning huquq va manfaatlari himoyalanishini kafolatlovchi prokuratura organlariga murojaat qilish vakolatiga ega («Prokuratura toʻgʻrisida»gi Qonunning 7-moddasi, 3-boʻlimi 1, 2-boblari).

 

Bahrom Zaytayev, yurist.