Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

RFning 4 shahrida 1 iyundan 12 iyulga qadar bir sutka ichida roʻyхatdan oʻtish lozim

01.06.2017

 

Futbol boʻyicha Konfederatsiyalar kubogi oʻtkaziladigan Rossiya mintaqalarida kuchaytirilgan хavfsizlik choralari joriy qilinadi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Farmoni (09.05.2017 yildagi 202-son) 4 ta shaharga tatbiq etiladi.

 

Futbol turnirini oʻtkazish bilan bogʻliq хavfsizlik choralari tashrif buyurish maqsadidan qat’i nazar koʻrsatilgan davrda RFga kelayotgan chet el fuqarolariga daхl qiladi.

 

Agar sizning Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon yoki Sochiga amaliy yoki shaхsiy tashrifingiz shu sanalarga toʻgʻri kelib qolsa nimani yodda tutish lozim?

 

“Vaqtinchalik boʻlish (vaqtincha yoki doimiy yashash) uchun kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni turgan joyi boʻyicha hisobga qoʻyish yoki yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish  Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida koʻzda tutilgan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda ular boʻlish joyiga yoki yashash joyiga kelgan kundan boshlab  bir sutka ichida amalga oshiriladi” – deyiladi hujjatda.

 

Eslatib oʻtamiz, odatdagi tartibda chet el fuqarolari migratsiyasini hisobga olish 7 sutka ichida amalga oshiriladi, agarda chet el fuqarosining RFda boʻlish muddati 7 sutkadan kam boʻlsa, migratsiyani hisobga olish talab etilmaydi.

 

Rossiya Federatsiyasida migratsiyani hisobga olish tartibi haqida havola boʻyicha bilib olishingiz mumkin.