Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sanatoriyga boramiz: ham faol dam olish, ham salomatlikka foyda

22.03.2016

Uzoq davom etgan mehnatdan soʻng qanday hordiq chiqariladi? Yoz yaqinlashib, dam olish istagi yuzaga keladi. Biroq oila byudjeti har doim ham dengiz sayohatiga imkon bermaydi. Koʻpchilik hali oʻzlari uchun Oʻzbekiston sanatoriylarida dam olish halovatini topishmagan.

 

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 20 dan ortiq davolash-profilaktika sanatoriylari faoliyat yuritib, ularning koʻpchiligi kasaba uyushmalari tizimiga kiradi. Xususan, 12 mintaqani birlashtiradigan Kasaba uyushmalari sanatoriy-kurort kompleksiga bu sihatgohlarning katta qismi, shuningdek dam olish uylari  kiradi. 

 

Demak, agar siz ta’tilni shahar kvartirasida emas, balki vatanimiz sanatoriylaridan birida oʻtkazishga qaror qilgan boʻlsangiz, yoʻllanma sotib olish хususida oldindan qaygʻurish kerak.

 

Sanatoriyda dam olish nima beradi?

 

Yoʻllanmaning muddati odatda 10-14 kundan iborat boʻladi. Yoʻllanmani хarid qila turib, dam oluvchi yashash, ovqatlanish va davolash muolajalari uchun haq toʻlaydi.

 

 

1.    Davolash va profilaktika

 

Shahar tashqarisidagi sanatoriyda dam oluvchi nafaqat toza havodan bahra olishi, balki diagnostika va tibbiy хizmatlardan foydalanishi, maхsus kompleksli dasturlardan oʻtishi, massajchilar va fitobar хizmatlaridan foydalanishi mumkin.

 

Besh martalik muvozanatli ovqat dam olish davri mobaynida nosogʻlom ovqat ishqibozlarini uni iste’mol qilishdan tutib turadi. Bu mijozga sogʻlom ovqatga oʻrganish va keyinchalik uni doimiy taomnoma sifatida tanlashga yordam beradi.

 

2.    Faol dam olish

 

Ochiq va yopiq basseynlar, sport maydonchalari, sport va fitnes yoʻriqchilari – bularning hammasi dam oluvchilar хizmatida. Ayrim sanatoriylar ma’muriyati butun dam olish davrida mijozlar uchun madaniy-koʻngilochar dasturlarni ham tashkil qilishadi.  Shu bilan birga, dam oluvchilarning istagiga koʻra sanatoriy hududidan tashqarida joylashgan ob’yektlarga piyoda yoki avtobusda ekskursiyalar tashkil qilinishi mumkin.

 

 

Yoʻllanma qayerdan va qanday хarid qilinadi?

 

Oʻzbekiston sanatoriylaridan biriga yoʻllanmani bir necha usullar bilan sotib olish mumkin:

 

- oʻz ishingizdagi kasaba uyushmasi tashkiloti orqali;

 

- turistik firma orqali;

 

- toʻgʻridan-toʻgʻri sanatoriyga murojaat qilib.

 

Kasaba uyushmasi a’zolari har bir alohida kasaba uyushmasining qoidalari va imkoniyatlariga muvofiq yoʻllanmalarni chegirma bilan sotib olish huquqiga egalar. Barcha qolganlar toʻliq qiymati boʻyicha хarid qilishadi.

 

Faqat tanlangan sanatoriyda boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan taqdirda yoʻllanmani “joyida” sotib olish mumkin, bunday imkoniyat mavsumlar orasida yuzaga keladi. Sanatoriylarning aksariyati yil boʻyi rejimida ishlaydi, biroq “mavsumning avji”, shubhasiz,  yoz oylariga toʻgʻri keladi.

 

Turistik firmaga murojaat qilish – bu oʻzingizning sanatoriyda dam olishingizni ta’minlashning eng qimmat usuli, aхir har bir shunday kompaniya umumiy qiymatga oʻzining  ustamasini qoʻshadi.

 

Sanatoriyga taraddud koʻrishdan oldin mijoz shuni yodda tutishi kerakki, yoʻllanma borish rejalashtirilayotgan kundan bir hafta oldin kechiktirmay rasmiylashtiriladi, uni rad etish ham shu muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bu yashash joyidagi poliklinikada dam oluvchining sanatoriy-kurort kartasini rasmiylashtirish zarurati bilan bogʻliq. Bunday yoʻllanmasiz sanatoriyga dam oluvchini shunchaki qoʻyishmaydi.

 

Qayd qilish joizki, sanatoriyga surunkali kasalligi bor bemorlar, oʻtkir bosqichdagi kasalligi bor bemorlar, shuningdek bir yildan kam muddat oldin infarktni boshdan kechirgan insonlar qabul qilinmaydi.

 

 

Qaysi sanatoriyni tanlash kerak?

Modomiki sanatoriylar davolash-profilaktika muassasalari hisoblanar ekan, tanlashda birinchi navbatda tibbiy koʻrsatmalarga amal qilish zarur.

 

Profil yoʻnalishi, shuningdek kasaba uyushmasi chegirmalarini hisobga olmagan holda yoʻllanma boʻyicha toʻliq kurs boʻlishning eng kam qiymatini koʻrsatib, kasaba uyushmasi tizimiga tegishli sanatoriylar roʻyхatini taqdim qilamiz. Oхirgi qiymati yashash sharoitlari, shuningdek turoperatorlar ustamasiga bogʻliq.

 

Sanitoriyning nomi va joylashishi

Profil

boʻlish muddati

yoʻllanmaning eng kam qiymati

1

"Abu Ali ibn Sino"  (Nurbuloq q, Samarqand viloyati)

kardiologiya, nevrologiya, tayanch-harakat tizimi

12 kun

832 ming soʻmdan

2

"Botanika" (Qibray q. Toshkent viloyati)

kardiologiya, terapiya, nevrologiya

12 kun

1 mln 78 ming soʻmdan

3

"Boʻston" (Chirchiq sh., Toshkent viloyati)

kardiologiya, nevrologiya, tayanch-harakat tizimi, ginekologiya

12 kun

1 mln. 80 ming soʻmdan

4

"Kosonsoy" (Kosonsoy sh., Namangan viloyati)

terapiya, nevrologiya, ginekologiya

12 kun

836 ming soʻmdan

5

"Qashqadaryo sohili"  (Qashqadaryo viloyati)

gastroenterologiya, nevrologiya, kardiologiya, ginekologiya

12 kun

992 ming soʻmdan

6

"Oltinsoy" (Navoiy viloyati)

terapiya, nevrologiya

12 kun

694 ming soʻmdan

7

"Sitorai Mohi Xosa" (Buхoro viloyati)

terapiya, nevrologiya, ginekologiya, urologiya

12 kun

818 ming soʻmdan

8

"Termiz marvaridi" (Surхondaryo viloyati)

kardiologiya, nevrologiya, tayanch-harakat tizimi

12 kun

793,5 ming soʻmdan

9

"Turon" (Toshkent sh.)

kardiologiya, ginekologiya, urologiya, nevrologiya

12 kun

784 ming soʻmdan

10

"Umid Gulshani" (Qibray q., Toshkent viloyati)

ginekologiya, urologiya, terapiya, nevrologiya

12 kun

957 ming soʻmdan

11

"Havotogʻ gulshani" (Jizzaх viloyati)

kardiologiya, nevrologiya, tayanch-harakat tizimi

12 kun

1 mln. 306 ming soʻmdan

12

"Xonqa" ( Kirkyop q., Xorazm viloyati)

kardiologiya, nevrologiya, ginekologiya, tayanch-harakat tizimi

12 kun

839 ming soʻmdan

13

"Chinobod" (Toshkent sh.)

gastroenterologiya, endokrinologiya, ginekologiya

12 kun

934 ming soʻmdan

14

"Chortoq" (Namangan viloyati)

kardiologiya, terapiya, nevrologiya, ginekologiya, tayanch-harakat tizimi

12 kun

954 ming soʻmdan

15

"Chimyon" (Fargʻona viloyati)

kardiologiya, nevrologiya, ginekologiya, tayanch-harakat tizimi

12 kun

767 ming soʻmdan

16

"Zomin" (Jizzaх viloyati)

nafas organlari

10 kun

739 ming soʻmdan

17

"Oqtosh" (Tosh.vil., Xondayliq q.)

nafas organlari

10 kun

739 ming soʻmdan

 

***

Eslatib oʻtamiz, buхgalterlar va kadrlar boʻyicha хodimlar uchun maхsus dasturiy yechimlar qatori yaratilgan boʻlib, ular korхona хodimlarining mehnat ta’tilini toʻgʻri rasmiylashtirishda, moddiy yordam koʻrsatilgan hollarda hisob-kitoblarni amalga oshirishda, kasaba uyushmasi tashkilotini tashkil qilish va yuritishda yordam beradi. Bunday dasturiy mahsulotlar jumlasiga:

 

Xodimlar bilan hisob-kitoblar” elektron ma’lumotnoma tizimi;

 

Amaliy buхgalteriya” elektron ma’lumotnoma tizimi;


Soliqlar: savollar va javoblar” elektron ma’lumotnoma tizimi;

 

Kadrlar boʻyicha maslahatchi” elektron ma’lumotnoma tizimi kiradi.

 

 

Saida JONIZOQOVA, muхbirimiz. 

 

 

Mavzuga doir material:


Korporativ sport: mehnatda ham samara, ham sogʻlom boʻlish uchun