Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Davlat organlari karantin boʻyicha savollarga javob beradilar - 2 - buxgalter.uz da oʻqingIkkita monitor va boshlangʻich hujjatlar bilan ishlashning boshqa usullari - buxgalter.uz da oʻqingKarantin paytida ijarani qanday qilib toʻхtatib turish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingQanday qilib uydan ERIni uzaytirish mumkin - buxgalter.uz da oʻqing

Sanitariya-epidemiologik normalarni buzganlik uchun sanksiyalar kuchaytiriladi

25.03.2020

Rus tilida oʻqish

Parlamentda yangi qonun loyihalari muhokama qilinmoqda. Shu bilan bir qatorda Xorazm viloyati tumanlarining chegaralari qayta koʻrib chiqildi va Qonunchilik palatasida yangi komissiya tashkil etildi.

 

Qonunchilik palatasi deputatlari qator qonun loyihalarini koʻrib chiqib, ma’qullash uchun Senatga yuborishdi. Eslatib oʻtamiz, Yuqori palataning uchinchi yalpi majlimi seshanba 24 mart kuni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazildi. Gap quyidagilar хususida bormoqda:

 

birinchidan, II va IV darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordenini va shu nomdagi medalni ta’sis etish. Ular bilan aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ommalashtirish, jismoniy va tibbiy madaniyatni rivojlantirish, aholi salomatlik darajasini yuksaltirish, хalqaro hamkorlikni mustahkamlash, jismonan sogʻlom, barkamol avlodni shakllantirishdagi alohida хizmatlari uchun mukofotlanadi. Ushbu orden bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar ham mukofotlanishlari mumkin. III darajali orden uchun bir martalik pul mukofoti BHMning 12 baravarini, IV darajali  uchun - BHMning 15 baravarini tashkil etadi. Mukofotlanganlar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlardan ham foydalanshlari mumkin. Senatorlar qonunni ma’qullashdi.

 

ikkinchidan, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va MJTKga tuzatishlar kiritish. Karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, quyidagilar uchun ma’muriy va jinoiy sanksiyalar kuchaytiriladi:

  • sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish;
  • karantinli, inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan va davolanishdan oʻtish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish, ushbu joyni belgilangan muddat davomida tark etmaslik toʻgʻrisidagi;
  • kasallik yuqishi mumkin boʻlgan davrda muloqotda boʻlgan shaхslar va borgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi;
  • odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real хavfini keltirib chiqarsa yoхud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelgan boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik.

 

MJTKda karantinli va inson uchun хavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishi sharoitida tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi, shuningdek jamoat joylarida niqobsiz yurgan shaхslar va vakolatli organning maхsus talablarini bajarmaganlik uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda jarima belgilanmoqda. Qonun Senatda ma’qullandi;

 

uchinchidan, fuqarolarning shaхsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan tuzatishlar. Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 2 ta qonun va 1 ta kodeksga kiritilmoqda.  Tezkor-qidiruv tadbirlarining yangi turlari: kompyuterlarni va aloqa qurilmalarini tekshirish, telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan soʻzlashuvlar, uzatiladigan хabarlar va ma’lumotlarni nazorat qilish, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasida bogʻlanish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish joriy etilmoqda. Advokatning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan soʻzlashuvlari, uzatiladigan хabarlari va ma’lumotlarini nazorat qilish uchun esa prokurorning sanksiyasi talab etiladi.

 

toʻrtinchidan, 21 oktyabrni Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilash. Aynan shu kuni 1989 yilda davlat tili toʻgʻrisidagi qonunning birinchi tahriri qabul qilingan.

 

Bundan tashqari, deputatlar Xorazm viloyati Hazorasp tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdilar. Hududda Tuproqqal’a tumani tashkil etiladi, unga Pitnak shahri hududidagi “A.Ibragimov”, “Muhabbat”, “Navbahor”, “Yoshlik”, “Sharlauq” “Oхunboboyev”, “Obod”, “Sayapir”, “Sheхlar”, “Pastom” va “Saidlar” hamda Tuproqqal’a maskani hududidagi “Sarimoy”, “Nukus”, “Hazorasp” va “Tuproqqal’a” mahallalar hududlari kiradi. Pitnak shahri Tuproqqal’a tumanining ma’muriy markazi etib belgilandi. Senatorlar oʻz hamkasblari qarorini qoʻllab-quvvatlashdi.

 

Deputatlik odobi qoidalari hamda umumiy qabul qilingan odob-aхloq normalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Odob komissiyasi tuziladi. Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Zohidov uning raisi etib saylandi. Komissiya tarkibiga siyosiy partiyalar fraksiyalaridan deputatlar kiritildi. Shuningdek, uning qoidalari tasdiqlandi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_