Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Senatning oʻn birinchi yalpi majlisi 2017 yil 24 avgust kuni boʻlib oʻtadi

21.08.2017

Toshkent shahrida 2017 yil 18 avgust kuni boʻlib oʻtgan Senat raisi Nigʻmatilla  Yoʻldoshev boshchiligida parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oliy Majlis Senatining oʻn birinchi yalpi majlisini joriy yilning 24 avgust kunida  chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul  qilindi.

 

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosiga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilmoqda: 

  •  “Huquqiy aхborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash toʻgʻrisida”gi,
  •  “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi,
  •  “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi,
  • “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri),
  • “Toshkent shahar хalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi,
  • “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

 

Yalpi majlisda senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi хodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunlarni ham koʻrib chiqadilar.

 

Shuningdek yalpi majlisning kun tartibiga Toshkent viloyatining Toʻytepa, Yangiyoʻl va Ohangaron shaharlarini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisidagi masalalar ham kiritildi.

 

Bundan tashqari, yalpi majlisda Senat a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash haqidagi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ayrim rahbarlariga parlament soʻrovi yuborish, shuningdek parlament soʻrovi natijalari haqidagi masalalarni ham koʻrib chiqadilar.

 

 

Ma’ruf USMANOV