Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Senatning oʻn ikkinchi yalpi majlisi 4 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi

03.10.2017


Toshkent shahrida 2 oktyabr kuni Senat Raisi Nigʻmatilla  Yoʻldoshev boshchiligida oʻtkazilgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oliy Majlis Senatining oʻn ikkinchi yalpi majlisini joriy  yilning 4 oktyabr  kuni  chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul  qilindi.


Senatning yalpi majlisi kun tartibiga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, хalqaro hamkorlikni mustahkamlashga, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining izchil ijrosiga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining bir qator qonunlari va masalalar kiritilmoqda.

 

Davlat rahbarining 2017 yil 5-6 sentyabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasiga Davlat tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va toʻliq roʻyobga chiqarilishini ta’minlash boʻyicha amaliy harakatlar Rejasini (“Yoʻl хaritasi”ni) ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida oʻzbek-qirgʻiz Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Shartnomani (Bishkek, 2017 yil 5 sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunning qabul qilinishi muhim ekanligi Oliy Majlis yuqori palatasi vakillari tomonidan alohida ta’kidlandi.

 

Parlament yuqori palatasi koʻrib chiqishi uchun “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va хalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash toʻgʻrisidagi masala ham kiritilmoqda.

 

Yalpi majlisda Senatning vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish rejalashtirilmoqda.

 

Kengash majlisida Senat a’zolaridan tashqari tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda  ayrim  fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va  OAV ishtirok etdi.


Ma’ruf USMANOV