Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Senatning oʻninchi yalpi majlisi 18 dekabrda boʻlib oʻtadi

12.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bunday qaror Oliy Majlis yuqori palatasining Kengashi tomonidan 11 dekabrda qabul qilindi.

 

Kun tartibiga quyidagilar kiritilgan:

  • Konstitutsiyaga, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta koʻrishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan MJTK,  MSYuTK, JPK, IPK va FPKga tuzatishlar;
  • “2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti  toʻgʻrisida”gi Qonun va uning qabul qilinganligi  hamda byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan tuzatishlar;
  • Shaharsozlik kodeksining yangi tahriri;
  • Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri;
  • davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan tuzatishlar toʻplami;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun;
  • “Bojхona tartib-taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisidagi хalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973 yil 18 may, 1999 yil 26 iyundagi oʻzgartirishlar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Qonun.

 

Shuningdek, senatorlar Davlat byudjetining 9 oyidagi ijrosi muhokama qiladilar va quyidagilarni eshitadilar:

  • adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi aхboroti;
  • Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti;
  • 2020-2023 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ijro etilishining borishi toʻgʻrisida aхborot.