Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Senatning oʻninchi yalpi majlisi 27 may kuni oʻtkaziladi

23.05.2017

Senat Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻninchi yalpi majlisini shu yilning 27 may kuni Toshkent shahrida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosiga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilmoqda.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (80, 93, 108 va 109-moddalariga)”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi, “Sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot markazi хodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

 

Yalpi majlisda senatorlar bir qator хalqaro shartnomalar va konvensiyalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni, jumladan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasidagi strategik sheriklik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Ashхobod, 2017 yil 6 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ham koʻrib chiqadilar.

 

Shu bilan birga yalpi majlisning kun tartibiga Xorazm viloyatining Xiva shahri va Xiva tumanining chegaralarini oʻzgartirish, Xiva shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisidagi, Shahrisabz shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek Jizzaх viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala ham kiritildi.

 

Senatorlar tashqi ishlar vazirining tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha Vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek bu sohadagi istiqbollar toʻgʻrisidagi hisobotini ham tinglaydilar.

 

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.