Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Senatning XXVIII yalpi majlisi 8 iyulda boʻlib oʻtadi

06.07.2022

Rus tilida oʻqish

Joriy yilning 5 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Oliy Majlis Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisini 2022 yil 8 iyul kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Majlisda quyidagi qonunlar koʻrib chiqiladi:

  • “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”;
  • “Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”.

 

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining Davlat byudjetining 2021 yil yakunlari boʻyicha ijrosi hamda Davlat byudjetining 2022 yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, senatorlar daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olishning atrof muhit, suv va yoʻl хoʻjaligi ob’yektlariga salbiy ta’siri yuzasidan hamda iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasida mahalliylashtirish dasturlarining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovlarini yuborish masalalari muhokama qilinadi.

 

Yalpi majlisda eksport hajmining barqaror oʻsishini ta’minlash va uning nomenklaturasini diversifikatsiyalash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, mamlakatimizda gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining хavfsizligini ta’minlash holati, shuningdek, homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda goʻdaklarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovlari natijalari koʻrib chiqiladi.

 

Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini ham tasdiqlash nazarda tutilgan.