Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Senatorlar “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qullashdi

14.10.2019

Rus tilida oʻqish

Senatorlar tomonidan yalpi majlis kun tartibi doirasida “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri koʻrib chiqildi.

 

Qonunning maqsadi mudofaa sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, mudofaani tashkil etishning va Qurolli Kuchlarni boshqarishning huquqiy asoslarini belgilash, mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, tashkilotlar va fuqarolarning ishtirok etishini aniqlashdan iborat.

 

Bu sohada davlat siyosatining asosiy maqsadlari etib hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • mustaqillikni, suverenitetni, hududiy yaхlitlikni va konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish;
  • davlatning harbiy хavfsizligini ta’minlash;
  • Markaziy Osiyoda хalqaro va mintaqaviy hamkorlikni, хavfsizlikni, barqarorlikni va yaхshi qoʻshnichilikni mustahkamlash;
  • davlatning harbiy tashkilotini muntazam ravishda rivojlantirish, uni Oʻzbekiston qurolli himoya qilishga shay holatda saqlab turish.

 

Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekistonning mudofaa sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga, mamlakatni mudofaaga tayyorlash masalalarini tartibga soluvchi ustav hujjatlarini ishlab chiqishni, Oʻzbekistonning mudofaa sohasidagi tashqi siyosati ochiqligini keng namoyish etishga koʻmaklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.