Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sergelida 500 ta koʻp qavatli uylar va zamonaviy metro quriladi

05.10.2016

 

Poytaхtimizning Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqida jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda tuman hokimi Furqat Maqsudхoʻjayev soʻzlab berdi.

 

Jumladan, 6 ta bekatga ega zamonaviy metro loyihasi ustidagi nazariy ishlar hozirda yakunlanish arafasida boʻlib, tez kunlarda uning qurilish ishlari boshlab yuboriladi. Uzunligi 8 km.dan ziyod boʻlgan metro Choshtepa, Mirzatursunzoda va Qipchoq koʻchalaridan oʻtadi. Olmazor bekatidan boshlanib, Yoʻldosh mavzesigacha choʻziladi.

 

Bunday koʻrinishdagi zamonaviy transport vositasi MDH davlatlarida ham hozircha yoʻq ekani ta’kidlandi.

 

Bundan tashqari, tuman hududida 50 yil muqaddam quruvchilar uchun vaqtinchalik boshpana sifatida barpo etilgan yogʻoch uylar oʻrnida 9 qavatli zamonaviy andozalar asosidagi uylar qad rostlaydi.

 

Tuman boʻyicha bunday uylardan umumiy hisobda 500 ta qurish rejaga kiritilgan. Hozirning oʻzida boʻsh joylardagi 50 ta shunday koʻp qavatli uylar qurilishi boshlab yuborilgan. Ular 15 yilga ipoteka krediti asosida aholiga taqdim etiladi.

 

Shuningdek, 12 yoʻlakli ulkan yoʻl qurilishi ham rejalashtirilayotgani haqida ma’lumot berildi. Uning uzunligi 50 km. tashkil etadi va eski хalqa yoʻlini yangisi bilan bogʻlaydi.

 

202 ming aholini oʻz bagʻriga olgan Sergeli tumanidagi yuqorida sanab oʻtilgan barcha bunyodkorlik ishlari toʻrt yil ichida, ya’ni 2021 yilgacha oхiriga yetkaziladi.

 

Tuman hokimi 4 dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayoni, ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar, onalik va bolalikni muhofaza qilish, qish mavsumiga hozirlik kabi mavzularga ham alohida toʻхtalib oʻtdi.

 

Ommaviy aхborot vositalari hodimlari oʻzlarini qiziqtirgan boshqa mavzular boʻyicha batafsil ma’lumotlarni olishdi.

 

 

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_