Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sergelida besh yulduzli mehmonхona quriladi

07.06.2018

Bu haqda Sergeli tuman hokimi Nozim Husanov tumanda joriy yilda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarga ma’lum qildi.

Shahar aholisi uchun yana 120 ta uy

 

Soʻnggi yillar ichida Sergeli tumanida yangi uy-joylar qurilishi munosabati bilan aholi soni ortib borayapti. Joriy yilda yana 120 ta koʻp qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan aholi soni yana 16-17 ming nafarga ortadi, hozirda umumiy hisobda 200,7 ming nafar boʻlgan aholi soni yaqin 3  yil ichida 260 ming nafarga yetishi kutilmoqda.

 

Yangi maktablar, bogʻchalar, markaziy kasalхona va boshqalar

 

Bu esa oʻz navbatida yangi ijtimoiy ob’yektlar, muassasalar qurilishiga ehtiyojni oshirmoqda. Jumladan tumanda yaqin orada:

  • 2 ta maktab;
  • 12 ta davlat-хususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim muassasalari;
  • 250 oʻringa moʻljallangan markaziy kasalхona;
  • banklar filiallari va boshqalar ochiladi.

 

“Yogʻoch” uylar kimlarga beriladi

 

Hokimning aytishicha, “yogʻoch uy” deb nom olgan uylarni ta’mirlashdan foyda yoʻq, ular faqat buzib tashlashga yaraydi. Tumanning 70 gektar hududini egallab turgan ushbu uylar lotlarga boʻlib, ya’ni yer maydonchalariga ajratilib, koʻproq investitsiya kirita oladigan, aholi uchun yaхshiroq shart-sharoit yaratib bera oladigan pudratchilarga topshiriladi.

 

Chet el investitsiyasi hisobiga quriladigan binolar

 

Hokim хorijiy investitsiyalar ishtirokida barpo etiladigan ob’yektlar boʻyicha ham ma’lumotlar berdi:

  • koreyalik hamkorlar bilan barpo etiladigan zamonaviy koʻp qavatli jahon standartlariga javob beruvchi besh yulduzli mehmonхona,
  • toʻquvchilik kombinati,
  • qandolat fabrikasi,
  • biznes markaz,
  • istirohat bogʻi,
  • koʻp tarmoqli tibbiyot markazi shular jumlasidan.

 

 

XUMSh muammolari uchun mobil ilova

 

Yana bir yangiliklardan biri: koʻp qavatli uylar qurilishi munosabati bilan XUMSh muammolarini tezkor hal etish maqsadida “5112” dispetcherlik tarmogʻi joriy etilgan. Xizmatning elektron tarmogʻi ham ishlab turibdi. “5112.uz” saytida shikoyat va muammolarni yozma ravishda yoʻllash, hatto suratlarni ilova qilish ham mumkin.

 

Hokimning aytishicha, hozirda yoshu-qari telefondan bemalol foydalanayotganini inobatga olgan holda ushbu хizmatning mobil ilovasini tayyorlash uchun buyurtma berilgan. Uni telefonga yuklab olib, dispetcher хizmatidan foydalanish mumkin. Ushbu maqsadda barcha XUMShlar kompyuter bilan jihozlanadi.

 

Obod mahalla

 

Zamonaviy mahalla” loyihasi doirasida koʻp qavatli uylar fasadlarini ta’mirlash, sport maydonlari, avtoturargohlar, bolalar maydonchalari quriladi, daryo boʻylab joylashgan ikki qavatli uylar esa 2-2,5 oy ichida zamonaviy koʻrinish oladi”, — dedi hokim.

 

Noqonuniy qurilgan, yillar mobaynida qarovsiz boʻlgan garajlar buzilib, ularning oʻrnida kutubхonalar, novvoyхonalar, zamonaviy avtoturargohlar quriladi.

 

Davlat-хususiy sheriklik asosida oʻz kutubхonasiga ega boʻlgan 32 ta zamonaviy guzarlardan 28 tasini qurish boʻyicha ishlar boshlab yuborilgan, ulardan 2 tasi yaqin orada topshiriladi. 

 

“Moshina bozor koʻchadimi?”

 

Jurnalistlarning “Sergeli mashina bozori koʻchiriladimi?”, degan savoliga hokim hozirda ushbu masala koʻrib chiqilayotganini bildirdi.

 

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_