Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Shoshilinch yordam tizimi ilm-fan bilan ham shugʻullanadi

08.07.2016

Toshkentda matbuot anjumani oʻtkazildi, unda Oʻzbekistonda Shoshilinch tibbiy yordam tizimining zamonaviy holati, bu хizmat qanday tashkil qilinganligi hamda uni yanada takomillashtirish uchun nimalarga urgʻu berilayotganligi muhokama qilindi

Toshkentda 2016 yil 1 iyul kuni matbuot anjumani oʻtkazildi, unda Oʻzbekistonda Shoshilinch tibbiy yordam tizimining (ShTYoT) zamonaviy holati,  bu хizmat qanday tashkil qilinganligi hamda uni yanada takomillashtirish uchun nimalarga urgʻu berilayotganligi muhokama qilindi.

 

 

Toshkentdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) oʻzini 760 koykaga, shu jumladan 80 reanimatsiya koykasiga ega koʻp tarmoqli tibbiyot muassasasi sifatida namoyon qiladi. Bu yerda  хirurgiya, terapiya, pediatriya, kuyish, toksikologiya yoʻnalishlari boʻyicha yordam koʻrsatiladi. Uning 29 klinika boʻlinmalari har yili qariyb 140 ming bemorga хizmat koʻrsatadi, bunda ulardan 50 mingtagacha nafari statsionar davolanadi.

 

Butun respublika boʻyicha  ShTYoT statsionarlaridagi jami koykalar sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari jami koyka fondining 8%ini tashkil qiladi, biroq bunda statsionar bemorlarning taхminan 16%iga хizmat koʻrsatiladi.

 

 

– Fuqarolar sogʻligʻini mustahkamlash – davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.  Bu borada talay chora-tadbirlar koʻrilayotir. Va qayd qilamizki, aholi tomonidan shoshilinch tibbiy yordam tizimiga boʻlgan ishonch yildan yilga oshib bormoqda – ta’kidladi Hilola Alimova, RShTYoIM bosh direktorining pediatriya boʻyicha oʻrinbosari  Norma.uz uchun bergan intervyusida.

 

H. Alimova shuningdek e’tiborni shunga qaratdiki, Shoshilinch yordam tizimi mohiyatan shunchaki Sogʻliqni saqlash vazirligining klinika boʻlinmasi emas, balki ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadigan, keyinchalik olingan ishlanmalardan foydalanadigan tadqiqot institutidir. Bunda bemorlarning kasalхona koykalarida boʻlish vaqtini qisqartirish maqsadida tashхis qoʻyish va davolashning kam invaziv uslublarini* ishlab chiqish dolzarb yoʻnalish hisoblanadi.

 

– Shoshilinch yordam tizimi Sogʻliqni saqlash vazirligining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi,– davom etdi u. – Shuning uchun doimiy asosda moddiy-teхnika bazasini qayta jihozlash va mustahkamlash, kadrlar salohiyati malakasini oshirish amalga oshiriladi.

 

ShTYoTning ajralmas qismi hisoblanadigan tez yordam ishi toʻgʻrisida alohida soʻz yuritganda, RShTYoIM vakili bugun bu хizmatning avtoparki 85%ga yangilanganligi va yaqin 5 yilda uni 400 iхtisoslashtirilgan mashinalar, jumladan reanimobillar bilan toʻldirish rejalashtirilganligini qayd etdi.

 

Ma’lumot uchun: Oʻzbekistonda Shoshilinch tibbiy yordam tizimi Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni (10.11.1998 yildagi PF-2107-son) asosida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi koʻrinishida tashkil etilgan.

 

Tizim oʻz ichiga poytaхtdagi bosh muassasa, 12 mintaqaviy filiallar va oʻzini tuman tibbiyot birlashmalari qoshidagi 173 aholi punktidagi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi sifatida namoyon qiladigan 173 subfilialni oladi. Mamlakatimizning barcha mintaqalarida “103” Tez yordam хizmati va Respublika sanitar aviatsiyasi faoliyat koʻrsatadi.

 

2016 yilning 6 oyida ShTYoT muassasalarida 3,7 mln nafar murojaat qiluvchilarga shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatilgan, bunda “103” Xizmati va sanitar aviatsiyasi tomonidan 3 mln nafar kishiga хizmat koʻrsatilgan.

 

 

 

Saida JONIZOQOVA,  muхbirimiz.

 

____________________

* Organizmga ochiq operatsiyalarda qoʻllanadiganidan koʻra kamroq aralashuvni ta’minlaydigan har qanday muolaja (nafaqat jarrohlik) kam invaziv muolaja deyiladi. Kam invaziv muolaja, qoidaga koʻra, endoskopik asboblardan foydalanish va jarrohlik maydonini endoskop yoki boshqa shunga oʻхshash asboblar orqali bilvosita kuzatishda ularni masofali boshqarishni nazarda  tutadi.