Buxgalter.uz ekspertlari 25.12.2025 yildagi "Soliq va byudjet siyosatining 2026 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1108-son Qonun boʻyicha bir nechta sharhlar tayyorladilar.
2026 yilga moʻljallangan soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlash tartibini bekor qilishni nazarda tutadi.
Soliq kodeksining 274-moddasiga ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib berish qismiga tuzatishlar kiritildi.
EHFni real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tahlil qilish tizimi ma’lumotlari asosida qoʻshilgan qiymat soligʻini хavf darajasiga qarab hisobga olish tartibi Soliq kodeksiga kiritildi.
25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-son Qonun bilan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishda QQSning nol darajali stavkasi belgilandi.
Marketpleyslar orqali sotilgan tovarlarni olib chiqish boʻyicha hujjatlar eksportni tasdiqlovchi hujjatlar tarkibiga kiritilgan.
25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-son Qonun bilan qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlar uchun QQS boʻyicha imtiyoz bekor qilindi.




