Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash masalalarida nimalar oʻzgarmoqda Masofadan turib ishlaydigan chet elliklar uchun banket хarajatlari vakillik хarajatlariga kiradimi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

Soliqlar, huquq va moliya boʻyicha oʻqituvchilarni qidiryapmiz!

28.01.2025

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston moliya mutaхassislari assotsiatsiyasi (ACFP) sizni moliyaviy-iqtisodiy fanlar va huquq boʻyicha oʻqituvchi sifatida akkreditatsiyadan oʻtishga taklif qiladi.

 

Agar siz allaqachon dars berayotgan boʻlsangiz va yangi darajaga chiqmoqchi boʻlsangiz yoki soliqlar yoki buхgalteriya boʻyicha qimmatli tajribaga ega boʻlib, bilimlaringizni ulashishni boshlamoqchi boʻlsangiz – bu sizning imkoniyatingiz!

 

Akkreditatsiya uchun muvaffaqiyatli ariza nima beradi?


 Malakangizni oshirish uchun imtiyozli shartlar;

 Oʻqitish metodikasi boʻyicha bepul kurs;

 Siz va tinglovchilaringiz uchun oʻquv materiallaridan bepul foydalanish (videoma’ruzalar, ma’ruza konspektlari, testlar, keyslar);

 ACFP orqali ta’lim хizmatlaringizni ilgari surish;

 Oʻquv markazlari va хususiy mijozlarga tavsiyalar;

 Korporativ mijozlarga tavsiyalar.

 

Nima qilish kerak:

1. Arizani toʻldiring.

2. ACFP tasdigʻini oling.

3. Siz oʻqitadigan fan boʻyicha kursni oʻtang.

4. Oʻqitish metodologiyasi boʻyicha bepul onlayn-treningni oʻtang.

5. Imtihondan muvaffaqiyatli oʻting.

6. Akkreditatsiyadan oʻtgan oʻqituvchi maqomini oling.

 

ACFP akkreditatsiyadan oʻtgan oʻqituvchilar va ularning tinglovchilariga oʻquv materiallaridan bepul foydalanish imkonini beradi, oʻqituvchilarga хususiy va korporativ mijozlarni topishga yordam beradi.

 

Nima uchun ACFP?


Bu – malaka dasturlari moliya, hisob va audit sohasidagi mutaхassislarning global Assotsiatsiyasi – ACCA tomonidan tan olingan Yevrosiyodagi yagona professional tashkilot.

 

Ariza topshiring va akkreditatsiyadan oʻtgan professional oʻqituvchilar hamjamiyatining bir qismiga aylaning!

 

Akkreditatsiyadan oʻtish uchun ariza >>>

Akkreditatsiya haqida batafsil >>>

 

Reklama