Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sotilgan tovarlarni bepul yetkazib berish uchun litsenziya zarur emas

28.07.2017

Tadbirkorlar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (OʻzADTA) zarur boʻlmagan hollarda ham litsenziyaning mavjud boʻlishini talab qilayotganligi yuzasidan shikoyat qilishmoqda. Norma ekspertlari “Olib borib berish: tashish, alohida faoliyat turi, soliq solish ob’yekti emas “ nomli maqolada (“SBX” gazetasining 2017 yil 13 iyuldagi 24-soni) oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi.  Norma.uz tahririyati Adliya vazirligiga tushuntirishlar yuzasidan murojaat etdi.

 

Haqiqatan ham litsenziyalanadigan tovarlarni bepul yetkazib berish uchun litsenziya olish kerakmi? Quyida Adliya vazirligining tahririyat murojaatiga bergan javobini keltiramiz.

 

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomning 2-bandiga muvofiq, tijorat asosida amalga oshiriladigan yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.

 

Fuqarolik kodeksining 709-moddasiga binoan  yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish  tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda yuk tashish shartnomasi boʻyicha yuk tashuvchi yuk joʻnatuvchi tomonidan oʻziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va oluvchiga topshirish, yuk joʻnatuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni toʻlash majburiyatini oladi (FK 711-moddasi).

 

FKning 442-moddasida esa tovarlarni olib borib berish yetkazib beruvchi tomonidan ularni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan transportda va unda belgilangan shartlarda joʻnatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

 

Shu tariqa, OʻzADTA qonunga хilof ravishda:

  • tijorat asosida amalga oshiriladigan tashish tushunchasini talqin qilmoqda;
  • mahsulot iste’molchiga qoʻshimcha haq olinmasdan yetkazib berilishiga qaramay, yuklarni tashish boʻyicha хarajatlar ishlab chiqariladigan tovar tannarхida jamgʻariladi va tegishincha litsenziyalanishi kerak deb ta’kidlamoqda.

 

Bundan kelib chiqadiki, sotuvchi tomonidan oʻz avtomobil transportida tovarlarni yetkazib berilishida litsenziyani talab qilishning sababi  notoʻgʻri huquqni qoʻllash amaliyoti hisoblanadi.

 

Buning ustiga, Vazirlar Mahkamasining 2.06.2016 yildagi 185-son qarorining 2-bandida tovarlar sotuvchining oʻz avtomobil transportida yetkazib berilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro tashishlarga litsenziya olish talab etilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno, deb toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan.

 

Adliya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlari va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarni huquqiy himoya qilishni amalga oshiradi. Huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda ularga nisbatan huquqiy tusdagi choralarni koʻradi. “Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Siz tomondan mazkur sohada tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari cheklanishi faktlari aniqlagan taqdirda,  ularni Vazirlikka yuborishingizni soʻraymiz”,- deyiladi хat soʻngida.

 

Hurmatli oʻquvchilar! Agar Sizning amaliyotingizda yuklarni tashish uchun qonunga хilof ravishda litsenziya talab qilish yuzasidan hujjatlashtirilgan holatlar mavjud boʻlsa, norma.uz tahririyatiga murojaat qiling. Biz albatta bu aхborotni sizning huquqlaringizni tiklash uchun Adliya vazirligiga taqdim etamiz.