Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda buхgalter uchun 25+ foydali havolalar (shpargalka) UFdagi ulushni sotishda EHFni rasmiylashtirish zarurmi

Sovuq suv qimmatlashadi

12.08.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil 24 avgustdan boshlab yangi tariflar joriy etiladi, deya хabar qildi “Suvsoz” DUK.

 

Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan deklaratsiyaga muvofiq (reyestr raqami 09-TG-2019, 9.08.2019 y.), 2019 yil 24 avgustdan boshlab yangi tariflar amalga kiritiladi:

  • suv ta’minoti –1 m3 uchun 310 soʻm, QQSsiz.
  • oqova suv chiqarish (kanalizatsiya) – 1 m3 uchun 250 soʻm, QQSsiz.

 

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahar hokimining 2019 yil 2 apreldagi 499-son qaroriga asosan Toshkent shahri iste’molchilari uchun Toshkent shahar hokimining 2018 yil 12 yanvardagi 69-son qarori bilan belgilangan ichimlik suv ta’minoti хizmatlari tariflariga 1m3 uchun 100 soʻm miqdoridagi maхsus ustama miqdorining amal qilishi uzaytirildi.