Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Byudjet subsidiyalaridan qanday foydalanish kerak Toshkentda issiq suv va isitish uchun tariflarning oshirilishi kimlarga ta’sir qiladi Asosiy vositalarni investitsiyaviy koʻchmas mulkka oʻtkazish Investitsiya koʻchmas mulki bilan bogʻliq transformatsion tuzatishlar 2025 yil avgust oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

SSP biznesni tekshirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi boʻyicha fikr-mulohazalarni qabul qiladi

24.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Savdo-sanoat palatasi tomonidan «Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasining jamoatchilik ekspertizasi oʻtkazildi, natijalar bilan tanishib chiqishingiz hamda hujjat yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflaringizni yuborishingiz mumkin.  

 

Eslatib oʻtamiz, Bosh prokuratura tomonidan «Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va QHTBT portaliga joylashtirildi. Hujjatning muhim jihatlarini portal eksperti «Firma ochilishi zahoti kichik biznesni tekshirishga ruхsat beradilar» materialida yoritib bergan edi.  

 

Ilgari SSP tomonidan loyihaning jamoatchilik ekspertizasi oʻtkazilgan edi, natijalar bilan havoladan oʻtib tanishish mumkin. Xususan, quyidagilar taklif etilmoqda:

  • tadbirkorlik sub’yektlarini ularda oʻtkaziladigan tekshiruvlar haqida хabardor qilish tartibi nazarda tutilishi;
  • vakolatli organ tomonidan хabardor qilish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar muddatini 3 kungacha qisqartirish;
  • jamoatchilik nazorati va monitoringni amalga oshirish uchun Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalarini tadbirkorlik sub’yektlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlar haqida хabardor qilish tartibini joriy etish masalasini koʻrib chiqish.

 

Palata qonun loyihasi muhokamasida ishtirok etishingizni hamda tavsiyalar, takliflar va fikr-mulohazalarni info@chamber.uz elektron pochtasiga yuborishingizni yoki (78) 150-60-06 telefon raqami orqali ma’lum qilishingizni soʻraydi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_