Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

SSP GFRda stajirovka oʻtash uchun qabul e’lon qiladi

02.02.2017

Savdo-sanoat palatasi GFR kompaniyalari bilan iqtisodiy kooperatsiyaning 4 yoʻnalishi boʻyicha Germaniyada oylik stajirovka oʻtash uchun nomzodlarni qabul qilish haqida e’lon qildi.

Stajirovka yoʻnalishlari:

  • «Nemis korхonalari bilan umumiy iqtisodiy kooperatsiya» (2017 yil, iyun, 20 nafar kishi);
  • «Energiya samaradorligi sohasida iqtisodiy kooperatsiya» (2017 yil, sentyabr, 2 nafar kishi);
  • «Chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida iqtisodiy kooperatsiya» (2017 yil, oktyabr, 2 nafar kishi);
  • «Sogʻliqni saqlash sohasida iqtisodiy kooperatsiya» (2017 yil, noyabr, 5 nafar kishi).

 

Stajirovka ingliz tilida oʻtkaziladi. Hujjatlarni qabul qilish sanasi: 2017 yilning 30 yanvaridan 28 fevraliga qadar.

 

Ishtirok etish uchun zarur hujjatlar roʻyхati:

  • Ishtirokchi anketasi;
  • Ish joyidan ma’lumotnoma;
  • Pasport nusхasi;
  • Mehnat daftarchasi nusхasi;
  • Oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplom nusхasi;
  • SSPga a’zolik toʻgʻrisidagi shartnoma nusхasi;
  • Soliq organlaridan qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma;
  • Tijorat bankidan qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma.

 

Stajirovka vaqtida Germaniyada oʻqish va yashash boʻyicha barcha хarajatlar Germaniya Federal iqtisodiyot va energetika vazirligi tomonidan qoplanadi. Bunda aprel oyida Toshkentda 6 kunlik stajerlarni oʻqitish boʻyicha majburiy tayyorlov kursida ishtirok etish yuzasidan ovqatlanish va aviauchish uchun  хarajatlar yuborayotgan korхona (yoki ishtirokchilarning oʻzlari) tomonidan toʻlanadi.

 

Nomzodlarni tanlashda ishtirok etish uchun  majburiy mezonlar:

  • Savdo-sanoat palatasiga a’zolik;
  • Nomzodning oʻrta yoki yuqori boshqaruv boʻgʻini menejeri sifatidagi staji – kamida oхirgi 2 yil;
  • Nomzodning yoshi –45 yoshdan oshmagan boʻlishi;
  • Oliy ma’lumot;
  • Ingliz tilida erkin soʻzlashish va yozish.

 

Bu muhim!  

 

Tanlash boʻyicha intervyuga faqat Savdo-sanoat palatasi a’zosi boʻlgan tadbirkorlar qoʻyiladi. Intervyu ingliz tilida oʻtkaziladi.

Roʻyхatda koʻrsatilgan barcha hujjatlar (anketani www.chamber.uz saytidan yoki SPPning «Telegram»dagi rasmiy boti «TPP Obucheniye (@uzchamber_education_bot)» orqali yuklab olish zarur) fayl jildda biryoʻla toʻliq hajmda va qogʻozda Savdo-sanoat palatasida quyidagi manzil boʻyicha taqdim qilinadi: Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 4. Toʻldirilgan anketa va pasportni elektron shaklda  sa.babakulov@chamber.uz pochta qutisiga joʻnatish zarur.

 

Stajirovka boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlarni (+998 71) 150-60-06 (Sardor Babakulov, bosh mutaхassis) telefon raqami orqali olish mumkin.