Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ayrim tarmoqlar ishlab chiqaruvchilari tovarlarini chet el bozorlariga chiqarishning muammoli masalalarini muhokama qilish boʻyicha qator uchrashuvlarni rejalashtirgan.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- SSP tarmoqlar boʻyicha eksportyorlar bilan uchrashuvlar jadvalini ishlab chiqdi
SSP tarmoqlar boʻyicha eksportyorlar bilan uchrashuvlar jadvalini ishlab chiqdi
07.03.2017

Tadbirlarda koʻrsatilgan sohalardan vakil kompaniyalar, shuningdek davlat organlari vakillari ishtirok etadi. Oʻzbekiston mahsulotlari eksportini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni oʻrganish va tahlil qilish, shuningdek ularni hal qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish ularning maqsadi hisoblanadi.
Demak, yaqin bir necha oy mobaynida quyidagi uchrashuvlar rejalashtirilgan:
- 27 mart – Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari-eksportyorlari ishtirokida davra suhbati;
- 14 aprel – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari-eksportyorlari ishtirokida davra suhbati;
- 13 may – Charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari-eksportyorlari ishtirokida davra suhbati;
- 17 iyun – Elektroteхnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari-eksportyorlari ishtirokida davra suhbati;
- 14 iyul – Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari-eksportyorlari ishtirokida davra suhbati.
SSP хabarida ta’kidlanishicha, jadvalga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 mart№ 11
- Oʻzbekistonning kiberхavfsizlik strategiyasi ishlab chiqildi
- Jamgʻarib boriladigan badallar, toʻlovlarni toʻlamaganlik uchun asos va staj haqida...
- Ijtimoiy soliq boʻyicha qanday imtiyozlar nazarda tutilgan
- Aylanmadan olinadigan soliqdan QQS va foyda soligʻi toʻlashga qanday oʻtiladi
- Joʻnatma «izsiz» gʻoyib boʻladimi?


