Bu haqda “Oʻzstandart” agentligi vazirliklarga, idoralarga, xoʻjalik birlashmalari hamda tadbirkorlik sub’yektlariga eslatib oʻtadi.
Agentlik murojaatnomasida aytilishicha, Oʻzbekistonning amal qilinuvchi hujjatlari (O‘zRH) va tavsiyanomalari (O‘z T) kabi standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning bunday toifalarining amal qilish muddati 2016 yil 1 yanvarda tugaydi.
Tugatish “Standartlashtirish toʻgʻrisida” Qonunga 2013 yil 30 apreldagi OʻRQ-352-son Qonun bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq amalga oshiriladi. Ular standartlashtirishga doir faqat quyidagi normativ hujjatlar toifasining mavjud boʻlishini koʻzda tutadi:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlari;
tashkilotning standartlari;
xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.



