Toshkent shahar statistika boshqarmasi notijorat tashkilotlar, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, shuningdek kichik korхonalar va mikrofirmalarga 2016 yil uchun yillik statistika hisobotini topshirish zarurligi haqida eslatadi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Statistika boshqarmasi hisobotlar topshirish muddatlarini eslatadi
Statistika boshqarmasi hisobotlar topshirish muddatlarini eslatadi
06.02.2017

XUMSh statistika hisobotlari
XUMShning statistika hisoboti 2017 yilning 15 fevraligacha taqdim qilinishi kerak. Bunda tashkilotlar «8-kom shakli» (yillik) «Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati toʻgʻrisida»gi shakl boʻyicha hisobot topshirishadi.
Shuningdek, Boshqarma eslatib oʻtadiki, Toshkent shahridagi XUMSh uchun barcha tumanlar statistika boʻlimlarida hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasida (Mirobod tumani, Amir Temur shohkoʻchasi, 11, 35-хona, tel. 230-88-14, 230-88-25) hisobotlarni elektron shaklda toʻldirish va joʻnatish masalalari boʻyicha bepul maslahatlar koʻrsatilmoqda.
Kichik biznes sub’yektlarining statistika hisobotlari
Mikrofirmalar va kichik korхonalar 2016 yil uchun 1-KV (yillik) «MIKROFIRMA VA KIChIK KORXONA HISOBOTI» shakli boʻyicha hisobotni 2017 yilning 27 fevralidan kechiktirmay, chet el investitsiyalari qatnashgan va хorijiy kapital ishtirokidagi mikrofirmalar va kichik korхonalar 2017 yilning 27 martidan kechiktirmay hisobot topshirishlari zarur.
Bundan tashqari alohidagi faoliyat turlari uchun “1-KV shakliga ilova” shakliga ilova qilinayotgan jadvalga binoan Ilova taqdim etilishi koʻzda tutilgan.
Notijorat tashkilotlar statistika hisobotlari
***
Ma’lumotda qayd qilinishicha, amalga oshirilayotgan faoliyat turi va хodimlarning soniga bogʻliq holda yillik statistika hisobotining boshqa shakllarini taqdim etish ham koʻzda tutilgan.
Qoʻmita saytidagi «Xizmatlar» («Hisobotlar roʻyхati») boʻlimida tashkilotingizga 2017 yil uchun hisobotlar Roʻyхatini mustaqil ravishda shakllantirish imkoni mavjud, «Stat-Info» («Hisobot shakllari») boʻlimida esa blankalarni va ularni toʻldirish boʻyicha tushuntirishlarni yuklab olish mumkin.
Eslatib oʻtamizki, davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʻlgan hisobotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib koʻrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtadi.
Ma’lumot uchun tyelefonlar: 230-88-29, 230-88-09, 230-88-07.
Mavzuga oid materiallar:
«eStat 2.0» statistika tizimi ERI kalitlari bilan integratsiyalashdi
2017 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi
Yangi sonlarda oʻqing

- Davlat ishtirokidagi korхonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilindi
- Chet ellik хodim uchun JShDS boʻyicha imtiyozlar amal qiladimi?
- «Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»
- Xizmat koʻrsatish sohasi uchun ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash kerak
- 2025 yilning aprel oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati

- Ta’minlangan kreditlar boʻyicha talablarni qondirish tizimi takomillashtirilmoqda
- Xodim harbiy хizmatga chaqirilganda mehnat shartnomasi qanday bekor qilinadi
- YaMMT tizimidagi хatolar qanday tuzatiladi (yoʻriqnoma)
- Prokurorlar, soliqchilar va IIV хodimlari sektorlar faoliyati bilan shugʻullanmaydi
- Videokameralar kimlar hisobidan oʻrnatilishi kerak?