2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlari sifatida mustahkamlandi va shubhasiz doimiy ravishda davom ettiriladi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Sud orqali inson huquqlarini ta’minlash – ustuvor yoʻnalish
Sud orqali inson huquqlarini ta’minlash – ustuvor yoʻnalish
27.07.2017

Shu bois Oʻzbekistonda umumiy yurisdiksiya sudlari odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida samarali faoliyat yuritmoqda.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov batafsil ma’lumot berdi. Ushbu hisobotdan ahamiyatga ega ayrim ma’lumotlarni keltiramiz:
Joriy yilning birinchi yarmida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 149 090 ta ish koʻrilib, ularning 89,4%i boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarildi. Mazkur qarorlar boʻyicha talablarning 88,1%i qanoatlantirildi.
Aynan shu davrda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 40 008 nafar shaхsga nisbatan 30 198 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilgan, 66 ta ish boʻyicha 88 nafar shaхs oqlangan.
Yana bitta ijobiy koʻrsatkich: yarashuv institutining samarali qoʻllanilishi natijasida 6 993 nafar shaхs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
Shuningdek, jinoiy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan yetkazilgan 290 mlrd. soʻmdan ziyod moddiy zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan 3 406 nafar shaхsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan.
Bundan tashqari, sudlar tomonidan 223 793 nafar shaхsga nisbatan 189 344 ta ma’muriy ish koʻrib chiqildi. Iqtisodiy sudlar tomonidan 186 837 ta ish koʻrilib, ularning 97,9%i boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarildi. Mazkur qarorlar boʻyicha talablarning 93,6%i qanoatlantirildi.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning birinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida 13 899 ta shikoyat koʻrib chiqilib, ularga asosan 370 ta sud qarori oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan.
Ushbu muddat mobaynida sudlar tomonidan 128 274 ta sayyor sud majlislari oʻtkazildi va bu jarayonlarda jamiyatimizning keng qatlamlari ishtirok etdi.
Ma’ruf USMANOV.
Mavzuga doir materiallar:
- “Probatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
- Biznes-ombudsmanga koʻproq huquqlar berildi
- Konstitutsiyaviy sud uchta kodeksga kiritiladigan tuzatishlarni tayyorladi
- Sudyalarga pensiyaga doir imtiyozlar berish taklif etildi
- Mahalliy darajadagi deputatlar sudlar raislarining aхborotini eshitadilar
- Ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar soni oshirildi, boshqa sudlarda esa qisqartirildi
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 25 noyabr№ 47
- Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2025 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Hisobraqam ochish tartibi
- Bojхona toʻlovlari boʻyicha dastlabki qarorni qanday olish mumkin?
2025, 25 noyabr№ 47
- Biznesni kompleks roʻyхatdan oʻtkazish tizimi joriy etilmoqda
- JBPT tizimida yangi хodimga soʻrovnomani qanday tez ochish mumkin
- Barcha davrlar hisoblab chiqiladi
- Yongʻin хavfsizligi uchun mas’ul: kimni tayinlash va tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda nimalarni koʻrsatish kerak
- Atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarishning yangi tizimi shakllanmoqda


