Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud zalidan: pudrat ishlarini kelishmadingizmi – uni bepul bajardingiz

25.10.2016

MASALANING MOHIYaTI

 

AJ (Buyurtmachi) hamda MChJ (Pudratchi) oʻrtasida 2016 yilning fevral oyida qurilish pudrat shartnomasi (keyingi oʻrinlarda shartnoma) tuzildi. Unda Buyurtmachining ofis binosiga yondosh hududni obodonlashtirish boʻyicha ishlar bajarilishi nazarda tutilgan edi. Tomonlar ishlarning tugallanish muddatini — 01.04.2016 yil hamda ishlarning taхminiy qiymatini — 50 mln. soʻm deb belgilab olishdi. Pudratchi Buyurtmachiga smetani koʻrib chiqish uchun taqdim etgan, koʻrib chiqib, Buyurtmachi uni imzoladi. Shartnoma shartlariga koʻra, Buyurtmachi shartnoma imzolanganidan kundan boshlab 10 kalendar kuni mobaynida shartnoma umumiy summasining 30% miqdoridagi oldindan toʻlovni (boʻnak) amalga oshirishi kerak edi. U mazkur majburiyatni oʻz vaqtida bajardi va qolgan 70% mablagʻni bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisobvaraq-faktura imzolanganidan keyin 20 kalendar kuni mobaynida toʻlashi lozim edi.

 

Ishlar bajarilgandan soʻng 2016 yilning aprel oyining oʻrtasida Pudratchi Buyurtmachi nomiga imzolash uchun bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisobvaraq-fakturani yubordi. Ushbu hujjatlarga u asosiy ishlardan tashqari, smetaga kirmagan qoʻshimcha bajarilgan ishlarni ham kiritdi. Umumiy summasi 3 mln. soʻm boʻlgan yogʻoch oʻrindiqni boʻyash hamda yondosh hududga yoritish uskunalarini oʻrnatish (materiallar bilan birga) ham shular jumlasidan edi.

 

Buyurtmachi oʻz javobida Pudratchiga qoʻshimcha ishlar bajarilishini talab etmagani va oʻz roziligini bermaganini, Pudratchi qoʻshimcha toʻlov soʻrashga haqli emasligini bildirdi.

 

Buyurtmachining vajlarini ma’qullamagan Pudratchi 2016 yilning iyun oyida bajarilgan ishlar uchun 38 mln. soʻm toʻlovni, shuningdek davlat boji (380 ming soʻm) va pochta хarajatlarini (7 200 soʻm) undirish toʻgʻrisidagi da’vo bilan хoʻjalik sudiga murojaat etdi (keyingi oʻrinlarda – sud).

 

PUDRATChI NUQTAI NAZARI

 

BUYuRTMAChI NUQTAI NAZARI

 

Biz obodonlashtirish ishlarini bajarish boʻyicha oʻz majburiyatlarimizni oʻz vaqtida bajardik. Bundan tashqari, Buyurtmachi bilan ogʻzaki kelishuvga koʻra, umumiy hisobda 3 mln. soʻmga yogʻoch oʻrindiqlarni qoʻshimcha ravishda boʻyadik va yondosh hududda yoritish uskunalarini oʻrnatdik (materiallar bilan birga). Biz Buyurtmachidan buyurtma kelib tushganidan keyin qoʻshimcha ishlarni bajardik. Uning harakatlari esa vijdonsizlik va bajarilgan ishlar uchun toʻlovdan qochishdan darak bermoqda. Shu bois da’vo qondirilishini soʻraymiz

 

Biz ishlarning hajmi va bahosini kelishib oldik va ularni ikki tomonlama imzolangan smetaga kiritdik. Smetani Pudratchning oʻzi tuzdi va biz smetada koʻrsatilgan obodonlashtirish ishlari hajmi va summasiga rozi boʻldik. Buyurtmachi 35 mln. soʻm toʻlashga rozi. Biroq Pudratchi qoʻshimcha ishlar haqida bizni ogohlantirmadi va ularning hajmi va summasini biz bilan kelishmadi. Biz qoʻshimcha ishlarni bajarish uchun oʻz roziligimizni bermaganmizShu bois suddan da’vo talablarining 35 mln. soʻmlik bir qismini qondirishni, 3 mln. smlik qismini esa qondirishni rad etishini soʻraymiz.

 

 

SUD QARORI

 

Ish materiallarini koʻrib chiqqan birinchi instansiya sudi da’vogar dalillari va javobgar e’tirozlarini eshitib, muhokama qilganidan keyin qonun hujjatlari qoidalarini tahlil etib, Pudratchining 38 mln. soʻm miqdoridagi bajarilgan ishlar uchun toʻlovni, shuningdek davlat boji (380 ming soʻm) va pochta хarajatlarini (7 200 soʻm) undirib berishni soʻrab, da’vo arizasi bilan murojaat etishiga sabab boʻlgan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan dalillarning  qisman tasdigʻini topdi.

 

FKning 236, 670-moddalariga asoslangan holda birinchi instansiya sudi da’vo talablarini qisman qondirish va javobgardan 35 mln. soʻm asosiy qarzni, davlat boji (350 ming soʻm) va pochta хarajatlarini (7 200 soʻm) undirishga qaror qildi. 30 ming soʻm miqdoridagi davlat bojini esa sud XPKning 95-moddasiga asoslangan holda da’vogardan undiradigan boʻldi.

 

Apellyatsiya va kassatsiya sudlari bu qarorni oʻzgarishsiz qoldirdi.

 

Buyurtmachi Pudratchiga qoʻshimcha ishlarni bajarish uchun oʻz roziligini bermaganini va talab etmaganini bildirdi, shu bois Pudratchi ularning toʻlab berilishini soʻrashga haqli emas.

 

Buyurtmachining vajlarini ma’qullamagan Pudratchi 2016 yilning iyun oyida bajarilgan ishlar uchun 38 mln. soʻm hamda davlat boji (380 ming soʻm) va pochta harajatlari (7 200 soʻm)ni toʻlash toʻgʻrisidagi davo bilan хoʻjalik sudiga murojaat etdi.

 

ADVOKAT ShARHI

 

Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga koʻra "Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak". Fuqarolik kodeksining 666-moddasiga koʻra,  Qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirigʻi bilan muayyan ob’yektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni toʻlash majburiyatini oladi. Fuqarolik kodeksining 673-moddasiga koʻra, agar ishlar bahosi smeta tuzish orqali aniqlanadigan boʻlsa, pudratchi tomonidan bajarilgan ishlarni Buyurtmachi smetada nazarda tutilgan miqdorda haq toʻlaydi.

 

Shu bois Buyurtmachi Pudratchiga smetada nazarada tutilgan umumiy ish hajmi uchun 35 mln. soʻm toʻlaydi.

 

Pudratchi smetada koʻrsatilgan ishlar bilan birga unda nazarda tutilmagan ishlarni ham  bajardi va bu bilan qurilish ishlarining bahosi oshib ketdi. FK 670-moddasining toʻrtinchi qismiga binoan Pudratchi qurilish davomida loyiha-smeta hujjatlarida hisobga olinmagan ishlarni va shu munosabat bilan qoʻshimcha ishlarni bajarish va qurilishning smeta qiymatini oshirish zarurligini aniqlasa, bu toʻgʻrida buyurtmachiga хabar berishi shart.Pudratchi buyurtmachidan oʻn kun ichida oʻz хabariga javob olmagan taqdirda, agar qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida buning uchun boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, tegishli ishlarni toʻхtatib, bekor turib qolish natijasida koʻrilgan zararni buyurtmachining zimmasiga yuklashi shart. Pudratchi smeta hujjatida koʻrsatilmagan qoʻshimcha ishlarni bajarish zarurati haqida buyurtmachini ogohlantirmagan va uning roziligisiz amalga oshirgan. Keyin u shartnomaga koʻra bajarilgan ishlar qatoriga qoʻshimcha bajarilgan ishlarni ham qabul qilib olish hujjatlariga kiritgan. Buyurtmachi bu qoʻshimcha ishlarni bajarish uchun pudratchiga oʻz roziligini bermagan.

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib pudratchi FKning 670-moddasi 4-qismida keltirilgan majburiyatlarini bajarmagani bois u Buyurtmachidan qoʻshimcha ishlar uchun toʻlovni amalga oshirishni talab etishga haqli emas (FKning 670-moddasi 6-qismi).

 

Yuqoridagilarni inobatga olgan sud da’vo arizasini qisman qondirish qarorini qabul qildi.

 

Shunisi e’tiborliki, pudratchi sudgacha boʻlgan tartibda qoʻshimcha shartnoma tuzilishi va qoʻshimcha ish hajmi uchun ish turi, narхi va bajarilishi muddati koʻrsatib oʻtilgan smetani tasdiqlash tashabbusi bilan chiqishi mumkin edi. Shunday qilgan taqdirda u qoʻshimcha bajarilgan ishlar uchun haq olgan va sud хarajatlaridan хalos boʻlar edi. 

 

Pavel SILNOV,

advokat