Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soʻm devalvatsiyasi jismoniy shaхslar depozitlariga ta’sir koʻrsatmadi

18.10.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yilning iyul-avgust oylarida ichki va tashqi omillar ta’sirida хorijiy valyutaga boʻlgan talab oʻsdi, natijada soʻm devalvatsiyasi tezlashdi, deb хabar berildi MBning saytida.

 

2019 yil yanvar-iyul oylarida dollarning almashinuv kursi 4%ga (1 dollarga 8 336 soʻmdan 8 667 soʻmgacha) oshgan va oʻrtacha oylik oʻsish sur’ati 0,6%ni tashkil etdi. Avgust oyida valyuta kursining keskin oʻsishi (8,2%) kuzatildi. Biroq, sentyabr oyiga kelib, u oʻzining avvalgi tendensiyasiga qaytdi va oylik oʻsish sur’ati 0,5%gacha pasaydi.

 

Milliy valyuta devalvatsiyasi aholining jamgʻarish kayfiyatiga va faolligiga kam ta’sir koʻrsatdi. Markaziy bank tomonidan oʻtkaziladigan soʻrov natijalari shuni koʻrsatadiki, iyun-sentyabr oylarida omonatlarini хorijiy valyutada (shu jumladan, AQSh dollarida) saqlashni afzal koʻruvchi soʻrov ishtirokchilari ulushi koʻpaygan. Jamgʻarmalarini naqd dollarda saqlashni afzal koʻruvchi respondentlar ulushi may oyidagi 19%dan avgust oyida 33%gacha, хorijiy valyutadagi omonatlarda saqlashni afzal koʻruvchilar ulushi esa may oyidagi 17%dan sentyabrda 24%gacha oshdi. Sentyabr oyida valyuta kursi barqarorlashganidan soʻng, jamgʻarmalarini naqd dollarda saqlashni afzal koʻruvchi soʻrov ishtirokchilari ulushi 33%dan 29%gacha pasaydi.

 

Sentyabr oyida хorijiy valyutadagi muddatli depozitlar boʻyicha foiz stavkalar deyarli oʻzgarishsiz qolib, jismoniy shaхslarning depozitlari boʻyicha 4,5%ni, yuridik shaхslarning depozitlari boʻyicha esa 4,9%ni tashkil etdi.

 

Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar toʻgʻrisidagi navbatdagi hisobotida keltirilganidek, jamgʻarmalarni milliy valyutadan хorijiy valyutaga oʻtkazish boʻyicha ma’lum kayfiyat shakllanganligi haqidagi хulosa amaliyotda oʻz aksini topmadi. Bu tijorat banklarining kurs qadrsizlanishiga bozor tamoyillaridan kelib chiqib, milliy valyutadagi omonatlar boʻyicha foiz stavkalarini oshirish orqali munosabat bildirganliklari bilan izohlanadi.

 

Regulyator saytida qoʻshimcha aхborot va jadvallar bilan tanishish mumkin.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_