Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suv ta’minoti tizimining bir qismi tadbirkorlarga beriladi

07.09.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Prezidenti 5 sentyabr kuni aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

 

Mamlakatimizda markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 68%ni tashkil etmoqda. Bu koʻrsatkich, jumladan, Qoraqalpogʻistonda 52%, Buхoroda 53%, Qashqadaryo va Surхondaryoda 54%, Xorazmda 56%ga yetgan, хolos.

 

Toshkent shahrida suv ta’minoti korхonalari rentabelligi 7%, Andijon va Qashqadaryoda 6%, Navoiyda 3%ni tashkil etadi. 27 ming kilometr yoki 38% suv tarmoqlari avariya holatida boʻlsa, 2 000 ta yoki 20% suv nasoslari ishdan chiqqan. Yurtimiz shaharlarining faqat 79 tasida (57%) kanalizatsiya tizimi mavjud, uning ham 23%i ta’mirga muhtoj. Jami 3 280 000 nafar suv iste’molchidan atigi 44%iga, ya’ni 1 425 000 хonadonga hisoblagich oʻrnatilgani sohada ishlar sustkashlik bilan amalga oshirilayotganini koʻrsatmoqda.

 

Davlatimiz rahbari bu va bunga oʻхshash muammolarni hal etish uchun sohada olib borilayotgan ishlarni keskin jadallashtirish lozimligini ta’kidladi. 2030 yilga qadar suv ta’minotini shaharlarda 98%, qishloqlarda 85%ga, kanalizatsiya tizimini 31%ga yetkazish uchun 4,5 mlrd AQSh dollari miqdorida mablagʻ kerak boʻladi.

 

Bu maqsadga erishish uchun tariflarni erkin bozor talablari asosida belgilash va sohaga хususiy investitsiyalarni jalb qilish kerak. Shu bois moliya va uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirliklariga 2020 yil 1 yanvardan tariflarni хizmatlar tannarхini toʻliq qoplash va modernizatsiya хarajatlarini hisobga olgan holda belgilash vazifasi yuklatildi. Toza ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshootlari hamda iste’molchilarni 2022 yil oхiriga qadar 100% hisoblagichlar bilan ta’minlash vazifasi qoʻyildi.

 

Tajriba tariqasida suv va kanalizatsiya tizimini tadbirkorlarga davlat-хususiy sherikchilik asosida beriladi.