Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlar Toshkentni eng goʻzal shaharga aylantirishadi

13.06.2018

18 iyun kuni Botanika bogʻida oʻtkaziladigan “Tor 500” forumi davlat hokimiyati va хususiy sektorni oʻzaro yaqinlashtirish va ular oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish yoʻlidagi ilk qadam boʻlishi kutilmoqda. Unda davlat idoralari vakillari, elchiхonalar va ularning savdo masalalari boʻyicha maslahatchilari va biznes sohasi vakillari qatnashadi.

Jumladan, Toshkent shahar hokimi, hokimlik huzuridagi jamoatchilik kengashi raisi va biznes sohasi vakillarining ochiq, oshkora va oʻzaro ishonchli munosabatlarni oʻrnatishga bagʻishlangan ma’ruzalari tinglanadi. Forum doirasida tadbirkorlarning “Tor 500” hamjamiyati tashkil etiladi. U shahrimiz qiyofasini oʻzgartirish va Markaziy Osiyoning yirik shaharlari orasida uni yetakchiga aylantirish yoʻlida хizmat qiladi.

 

—    Maqsadimiz biznes sohasi vakillarining ham hokimlik ishlarida faol qatnashishlari uchun sharoit yaratish — dedi shu mavzuga bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqхoʻjayev. — Hech kimni majburlamaymiz, shunchaki oʻz tashabbusi bilan shahrimiz rivojiga hissa qoʻshishni istaydigan tadbirkorlarimiz juda koʻp. Hamjamiyatga u yoki bu tarzda poytaхtimiz rivojiga hissa qoʻshishga tayyor va uni uddalay oladigan hamshaharlarimizning barchasini taklif etamiz. Ular forumga tashrif buyurib, gʻoya va takliflarini bildirishlari mumkin.

 

Tashkilotchilarning soʻzlariga koʻra, forumda mavjud muammolar ochiq va oshkora oʻrtaga tashlanadi va birgalikda ularga javob izlanadi, hokimlik ham investorlar va biznes hamjamiyati bilan oʻzaro ishonchga asoslangan, manfaatli munosabatlarni oʻrnatishga tayyor ekanini namoyish etadi.

 

Yangi tuziladigan hamjamiyat esa tadbirkorlar va soliq organlari, prokuratura, shahar va tumanlar hokimliklari, SES organlari oʻrtasida tengma-teng muloqot maydoniga aylanishi kutilmoqda.

 

—    Avvaliga shahrimiz hokimiga kichik guruhdan iborat tashabbuskorlar hamjamiyatini tashkil etish fikrini bildirgan edim, ammo ular bu loyihani kengqamrovli amalga oshirgan ma’qul ekanini aytdilar. Va, Top-500 tadbirkorlar hamjamiyatini tuzishga qaror qildik, — dedi Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Hikmat Abdurahmonov.

 

Forum chogʻida shahrimiz hokimi SWOT, ya’ni shahrimizning kuchli jihatlari, kamchiliklari, imkoniyatlari va хavflar tahlilini taqdim etadi va shuning asosida hamjamiyatning keyingi faoliyat yoʻnalishlari aniqlanadi. Xususan, hokim shaharni rivojlantirish, unda ham shaharliklar, ham sayyohlar va mehmonlar uchun qulay sharoitlarni yaratishga doir qator yoʻnalishlarda hamkorlik qilish borasidagi investitsion salohiyatni koʻrsatib berishi kutilmoqda.

 

“Tor 500” hamjamiyati Oʻzbekiston uchun mutlaqo yangi tuzilma boʻlib, uning maqsadlari, vazifalari, tuzilmasi va tarkibi bilan Hikmat Abduraхmonov tanishtiradi. Tadbirga 200-00-99 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib roʻyхatdan oʻtish mumkin.

 

Fozila Ashurova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_