Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlar uchun soliq boshqarmasi eshiklari har chorshanbada ochiq

01.03.2018

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi har haftaning chorshanba kuni “ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazmoqda. Bu haqda DSQning rasmiy saytida хabar berilgan.

Maqsad esa tadbirkorlik sub’yektlarining muammolarini tinglash va ularning muammolarini bartaraf etish. Navbatdagi ana shunday tadbir Hisob palatasi, DSQ, Toshkent shahar hokimligi, Markaziy bank, Adliya, Savdo sanoat palatasi hududiy boshqarmalari, tijorat banklari hamda Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi vakillari hamda faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilgan tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida oʻtkazilgan.

 

Masalan, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oʻz faoliyatini toʻхtatib qoʻygan va kredit foiz stavkasi baland boʻlgani tufayli kredit ololmagan tadbirkorning muammosini tez muddatda hal etib berish boʻyicha “Xalq banki” shahar boshqarmasi rahbariyatiga koʻrsatma berilgan.

 

Qish mavsumida foydalanilmaydigan ochiq basseyn uchun yil boʻyi soliq toʻlayotgani va bu muayyan qiyinchiliklarga olib kelayotganini bildirgan yana bir tadbirkorlik sub’yektiga mavsumiy faoliyat boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi korxona sifatida qayta roʻyxatdan oʻtish boʻyicha tavsiya berilgan.

 

Tadbirkorlar muammolarining aksariyati shu yerning oʻzida hal etilgan boʻlsa, ayrimlari boʻyicha esa oʻrganib chiqish va hal etish uchun mutasaddi idoralarga uchun topshiriqlar berilgan.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.