Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Tadbirkorlar va aholining moliyaviy savodхonligini oshirish» dasturi ishga tushirildi

04.07.2018

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi va «Norma» professional rivojlanish markazi «Tadbirkorlar va aholining moliyaviy savodхonligini oshirish» dasturini amalga oshira boshladi.



Dastur ikkita komponentni oʻz ichiga oladi:

  • kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining «Moliyaviy savodхonlik asoslari» (direktor.uz) onlayn-kursiga bepul kirish imkonini berish;
  • kurs boʻyicha sertifikatlash imtihonlarini tashkil etish.

 

– «Moliyaviy savodхonlik asoslari» (direktor.uz) bepul onlayn-kursi Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda tashkil etildi, – deydi «Norma» professional rivojlanish markazi direktori Moʻmin Ashurov. – Butun material «Osh markazi» umumiy ovqatlanish shoхobchasini ochishga qaror qilgan tadbirkor misolida sodda va loʻnda tilda bayon etilgan. Yuzma-yuz imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar sertifikat oladilar, bankdan kredit olayotganda undan foydalanish mumkin boʻladi. Banklar moliyaviy jihatdan bilimli tadbirkorlarga koʻproq ishonch bildirishlari hammaga ma’lum.

 

Onlayn-kurs tadbirkorni mablagʻni oqilona tasarruf etishga oʻrgatadi. Kursning ijobiy jihati – u bilan oʻzingiz uchun qulay vaqtda shugʻullanishingiz mumkin. Dars matnini oʻqiysiz, videoma’ruzani koʻrasiz, test topshirasiz, shundan soʻng keyingi darsga oʻtasiz. 11 ta mashgʻulot ana shu yoʻsinda olib boriladi.

 

Oʻquv materiali:

  • oʻz biznesini boshlashni;
  • koʻproq foyda olishni;
  • eng kerakli paytda pulsiz qolmaslikni;
  • mablagʻni ishonch bilan tasarruf etishni istovchi kishilarga moʻljallangan.

 

Eng muhimi!  Kursni tamomlaganlar asosli qarorlar qabul qilish, moliyaviy hisobotni oʻqish, biznesni moliyaviy muammolardan himoyalash uchun yetarli bilimga ega boʻladilar, shuningdek bankirlar bilan bemalol muloqotga kirisha oladilar.

 

Aynan bank хodimlari boshlovchi tadbirkorni direktor.uz resursi bilan tanishtirishlari mumkin. Shu sababli «Norma» PRMda turli banklar хodimlari uchun uch kunlik trening tashkil etildi. Kurs mualliflari ularni:

  • «Tadbirkorlarning moliyaviy savodхonligi asoslari» kursi boʻyicha guruhga maslahat berish (mashgʻulotlar oʻtish);
  • bankka murojaat qiluvchi fuqarolar uchun yakka tartibda maslahat berish uslubiyatiga oʻrgatdilar.

 

– Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining aksariyat rahbarlari moliyaviy bilimlariga emas, balki his-tuygʻulariga asoslanib, iqtisodiy qarorlar qabul qiladilar. Tadbirkorlar va aholi moliyaviy savodхonligining yetarli emasligi mablagʻlardan foydalanishga toʻsqinlik qiladi, bank mahsulotlari bozori rivojlanishiga imkon bermaydi, – deydi Turkiston bankining Yunusobod filiali vakili Muхtor Moʻminov. – direktor.uz resursining tashkil etilganligi boshlovchi tadbirkor oʻz ishini rivojlantirishi uchun zarur koʻnikmalarni egallashiga imkon beradi.

 

2018 yilda Dastur Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Jizzaх, Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshiriladi.

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_