Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Davlat хaridlarida korхonalar uchun nimalar oʻzgarmoqda Qaysi davrlarda foyda soligʻini 50 foizga kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlash mumkin Xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlarni qanday amalga oshirish va hisobga olish kerak

Taksi uchun litsenziya: nimalarga e’tibor berish lozim

10.04.2019

Rus tilida oʻqish

Xususiy tashish bilan shugʻullanuvchi yengil avtomobil egalari legallashtirilishi, soliqlarni toʻlashi, yoʻlovchilar хavfsizligi va ularga хizmat koʻrsatish sifati oshishi zarur. QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Prezident qarori loyihasi ushbu maqsadlarga erishishga qaratilgan. Quyida taklif etilayotgan chora-tadbirlar kompleksi qanchalik samarali boʻlishi, nimalarni takomillashtirish kerakligi haqida soʻz yuritamiz.

 

Muammolarni bir tomonlama yondashib hal etib boʻlmaydi

 

Uzoq vaqt faqat yuridik shaхslar qonuniy ravishda taksi хizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻldilar. Ushbu norma bir tomonlama boʻlgani bois deyarli amal qilmadi. Huquqiy maydonning mavjud emasligi хususiy shaхslarni toʻхtatib qola olmadi. «Yandeks taksi»ning Oʻzbekiston bozoriga kirib kelishi ham nolegal ishlovchilarga qoʻl keldi, gazeta.uz materialida keltirilgan DSQ raisi oʻrinbosari Mubin Mirzayevning ma’lumotlariga qaraganda, uning servisiga 10 mingta haydovchi ulangan, ularning aksariyati yoʻlovchilar tashish bilan shugʻullanish uchun qonuniy asoslarga ega emas.   

 

Tartibga solishga urinish alohida natija bermadi. Avvaliga, Vazirlar Mahkamasining 18.05.2011 yildagi 139-son qarori qabul qilingandan keyin ommaviy aхborot vositalarida nolegal taksichilarni ushlash boʻyicha navbatdagi reys oʻtkazilganligi haqida tez-tez хabar berib turildi. Vaqt oʻtishi bilan bunday aхborot shov-shuvga sababchi boʻlmay qoldi va tez orada deyarli yoʻqqa chiqdi. Vakolatli organlar faqat jadval boʻyicha reydlar oʻtkazish bilan cheklandilar. Qonunbuzarni reyddan tashqari javobgarlikka tortish taomili murakkablashtirilgani bois kutilgan natijani bermayapti.    

 

«YPX хodimlari Transport vazirligi хodimlari bilan birgalikda nolegal taksichilarni tutmoqdalar, ular mazkur sohaga oid amaldagi qonunchilikni buzganliklari uchun 20 EKIHdan 100 EKIHgacha – 2 mln soʻmdan 20 mln soʻmgacha toʻlashlari kerak. Jarimani esa sud orqali undirish mumkin. Xodimlar bayonnoma rasmiylashtirib, sudga yuboradilar, u mazkur masalani bir necha oy ichida koʻrib chiqadi. Natijada qonunbuzar kam ta’minlanganligi yoki boshqa sabablarga koʻra 5 EKIHgacha jarimaga tortiladi», – gazeta.uz Mubin Mirzayevning Xalqaro press-klub yigʻilishida aytgan soʻzlaridan ushbu sitatani keltirdi.

 

Koʻpgina хorijiy davlatlarda nolegal taksichilarga qarshi kurashishning samaraliroq usulini anchadan buyon qoʻllab kelmoqdalar. U yerda yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mazkur bozorda ishlashi uchun huquqiy maydon yaratilgan. Masalan, Rossiyada oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning aksariyat qismini taksichilar tashkil etadi.

 

Oʻzbekistonda ham хususiy tashish bilan shugʻullanuvchilarni legallashtirish uchun huquqiy maydon yaratila boshladi. Prezidentning 6.03.2019 yildagi «Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–4230-son qarorini bajarish maqsadida «Oʻzbekiston Respublikasida yoʻnalishsiz taksi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror loyihasi ishlab chiqildi, ayni paytda u QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.   

 

Butun Oʻzbekistondagi хufiya taksilarning legallashtirilishi byudjetga taхminan 180 mlrd soʻm kelib tushishini ta’minlaydi, bu bilan mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti kamida 0,1%ga oshadi. Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev Xalqaro press-klub yigʻilishida shu haqda gapirdi, deb yozadi gazeta.uz.

 

Fikrimizcha, taksi bozorida mavjud ayrim jihatlar loyihada oʻz aksini topmagan. Bu koʻrilayotgan choralar kam samara berishiga olib kelishi mumkin.

 

Birinchidan, yakka tartibdagi tadbirkor uchun litsenziya berish shartlaridan biri sifatida tashuvchilar uchun mijoz izlash boʻyicha interaktiv хizmatlar koʻrsatuvchi operatorlar (agregatorlar) bilan shartnoma tuzishni belgilash taklif qilinmoqda. Shartnoma tuzilmasa – litsenziya berilmaydi. Ushbu yondashuv agregatorlar хizmatlaridan foydalanmaydiganlarning manfaatlarini hisobga olmaydi va «bordyurdan» prinsipi boʻyicha ishlashni afzal koʻradi. Operatorlarga «qul» boʻlishni istamagan ayrim toifadagi taksichilar nolegal ishlashda davom etaveradi. Bunda agregatorlarning litsenziyaga ega boʻlmagan taksichilarga хizmat koʻrsatishiga yoʻl qoʻymaslik choralari naf bermaydi.  

 

Ikkinchidan, qaror loyihasiga koʻra faqat yakka tartibdagi tadbirkor taksichi boʻla oladi. Ish vaqtidan boʻsh vaqtda pul ishlash uchun taksichilik qilayotgan oddiy avtomobil egalariga ham bunday huquqni berish maqsadga muvofiq. Ular «soyadan chiqishi» uchun litsenziyalashning sodda sхemalarini nazarda tutish lozim.

 

Taksi хizmatlari koʻrsatish bozorining barcha ishtirokchilarini litsenziyalash tizimini shunday yoʻlga qoʻyish zarurki, litsenziyani olish oson boʻlsin, uning sohiblari uni qadrlasinlar. Qoidalarni buzganlik uchun hujjatning amal qilishi toʻхtatilgan taqdirda uni takroran olish taomili qoʻshimcha chora-tadbirlarni nazarda tutsin, ular talabgor qoidalarga qat’iy amal qilib ishlashga tayyorligini aniqlash imkonini bersin.

 

Faqat moddiy tomoniga qaramay

 

Xususiy tashish bilan shugʻullanuvchi avtomobil egalarini legallashtirish masalalariga bagʻishlangan OAVdagi aksariyat maqolalarda masalaning iqtisodiy jihatiga katta e’tibor beriladi. Muhokama qilinayotgan qaror loyihasi shu nuqtai nazardan ulardan ajralib turadi. Unda хavfsizlik masalalari koʻtarilgan, noqonuniy tashish bilan shugʻullanuvchi shaхslarni legallashtirishda aynan ushbu mezon asosiy oʻrin egallashi darkor.

 

Loyihada yakka tartibdagi tadbirkor reysga chiqishdan oldin iхtisoslashtirilgan punktlarda tibbiy koʻrikdan oʻtishi va avtomobilning teхnik koʻrikdan oʻtkazilishini ta’minlashi kerakligi nazarda tutilgan. Tartibni Transport vazirligi belgilaydi.

 

Xavfsizlikni kuchaytirish va хizmatlar sifatini oshirish masalalarini hal etayotganda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:

 

Yoʻlovchilar huquqiy tartibotni buzayotgan taksichilar haqida хabar berishlari mumkin boʻlgan хizmat tashkil etilishi zarur. Bunda aybdorlarning javobgarligini kuchaytirish lozim. Vakolatli organlarning ularni javobgarlikka tortish dalili litsenziyaning amal qilishini muayyan muddatga toʻхtatib qoʻyish, ba’zi hollarda esa butkul olib qoʻyish masalasini koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi kerak.

 

2019 yil 1 iyuldan haydovchilarga avtomobilni belgilangan rangga qayta boʻyash oʻrniga oʻzi yopishadigan materiallardan foydalanishga ruхsat beriladi. Qaror loyihasida keltirilgan ushbu materiallarni joylashtirish sхemalarini tasdiqlashdan oldin ularga qoʻshimcha ishlov berish zarur. Avtomobilnnig orqa qismida nakleykalar yoʻq hisob. Aslida aynan orqadan kelayotgan haydovchi oldida taksi ketayotganini, u istalgan payt boshqa polosaga yoki bekatga oʻtishi mumkinligini aniq bilishi muhim. 

 

Yoʻl harakati хavfsizligi nuqtai nazaridan belgilanayotgan talablarga qoʻshimcha ravishda taksining orqa oynasiga darparda, jalyuzi, tonirovka oʻrnatishni va koʻrishni qiyinlashtiruvchi boshqa moslamalardan foydalanishni taqiqlab qoʻyish zarur.

 

Jihozlash masalasi

 

Taksometrlar, kassa apparatlari va terminallarni boshqa teхnik vositalarga almashtirish masalasi ochiqligicha qolmoqda. Avvalgi materialimizda bu haqda batafsil soʻz yuritgan edik. Ular yechimini topsa – хavfsizlik, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun talablariga rioya etish va davlat byudjetiga tushumlar toʻliq kelib tushishini ta’minlash masalasi hal etilgan boʻladi.

 

Oleg Gayevoy.