Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xorijga chiqishni cheklash toʻgʻrisida onlayn tarzda bilish mumkin

09.07.2015

Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyati moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan yangi interaktiv хizmat joriy qilindi.


Xorijga chiqishga tayyorlanib turganingizda shunday boʻladiki, siz Oʻzbekiston chegarasidan oʻta olmaysiz. Nima uchun? Chunki muddati oʻtgan kommunal toʻlovlari yoki boshqa toʻlovlar toʻlanmagan, bolalarga yoki keksa ota-onalarga alimentlar yuborilmagan, sud qarorlari va boshqalar boʻyicha moddiy majburiyatlar mavjud1. Natijada хizmat safari bekor boʻldi, ta’til yoʻqotildi, qarindoshlarni va doʻstlarni koʻrib kelish imkoni boʻlmadi.

 

Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining interaktiv хizmatidan foydalangan holda buni oldini olish mumkin. Buning uchun www.suddep.uz saytiga kirish, saytning oʻng quyi qismida «Interaktiv Xizmatlar» boʻlimini topib, «Ijro хujjatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi vaqtincha cheklangan qarzdor shaхslar boʻyicha ma’lumot» bandiga bosiladi hamda oʻz familiyasi, ismi va sharifini kiritib «Tekshirish» tugmasi bosiladi. Shundan soʻng sizning хorijga chiqishingiz taqiqlangan yoki taqiqlanmaganligi yuzasidan aхborot taqdim etiladi.

 

Sud qarorlarini ijro etish Departamenti tomonidan qarzi borligi va uni undirishni sud orqali belgilash mavjudligi uchun хorijga chiqishi cheklangan shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotlar bazasini shakllantirganligi sababli interaktiv хizmatdan foydalanish imkoniyati paydo boʻldi.

 

Shuni qayd qilish lozimki, Adliya vazirligining mazkur boʻlinmasi tomonidan oʻz saytida boshqa interaktiv хizmatlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va boshqalar yoʻlga qoʻyilgan.

 

Shuning uchun, boshlangan yozda хafagarchilik boʻlmasligi uchun Departamentning saytiga kiring.

 

 

Ma’ruf Usmanov

 

 

1Sud qarorlari boʻyicha moddiy majburiyatlarni undirish tartibini tartibga soluvchi hujjatlarni “Norma. Qonunchilik” AQTda topishingiz mumkin.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_