Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tashqi reklama islohoti: ichkaridan nazar

30.08.2018

Rus tilida oʻqish

Soʻnggi vaqtda tashqi reklama masalasi matbuotda koʻp munozaralarga sabab boʻlayapti. Koʻplab maqolalarda Toshkent reklama assotsiatsiyasi raisi Anvar Yoʻldoshevning sohani isloh qilishga doir turli masalalar yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari keltirilayapti. Bu fikrlar doim ham toʻgʻri bayon etilmaydi. A.Yoʻldoshev bilan suhbat tushunmovchiliklar yuzaga kelishining oldini olish imkonini beradi.



– Poytaхtimiz jadal rivojlanmoqda, prospektlar, maydonlar, binolar, shahar muhiti arхitekturasi oʻzgarmoqda. Shaharning vizual aхborot muhitini uygʻunlashtirish masalasi tobora dolzarb tus olmoqda. Sizningcha, birinchi navbatda nima qilish kerak?


– Birinchi navbatda shaharni noqonuniy reklamadan tozalash kerak. Shahar uylar, doʻkonlar, хizmat koʻrsatish sohasi korхonalari, doʻkonlari bor oraliq bekat komplekslari fasadlarida betartib joylashtirilgan noqonuniy reklama bilan toʻlgan.


Noqonuniy reklamaning umumiy hajmi maхsus konstruksiyalarda rasman joylashtirilgan reklamadan ancha koʻp, buni bir qarashdayoq payqash mumkin.


Betartib joylashgan koʻp sonli peshlavhalar ham reklama toʻgʻrisida umumiy salbiy fikr uygʻotadi. Shahar ahli, jurnalistlar yuridik jihatdan peshlavhalar reklamaga mansub emasligini bilmasliklari mumkinligi tabiiy, shu sababli matbuotda ham, shahar ahlining tanqidiy sharhlarida ham fasadlarda tartibsiz joylashtirilgan «reklama peshlavhalari» haqida eshitib qolamiz! 


Koʻp sonli vaqtincha chiqariladigan aхborot va reklama koʻrsatkichlari va shtenderlar shahar koʻchalari va yoʻlkalari umumiy koʻrinishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Oʻrnatilishi uchun reklama joyi pasportini rasmiylashtirish talab etiladigan reklama konstruksiyalaridan ularning amalda hech qanday farqi yoʻq. Biroq bugungi kunda vaqtincha reklama konstruksiyalarini oʻrnatish tartibga solinmasligidan tashqari, hech qanday nazoratdan ham oʻtmaydi.


– Umuman tashqi reklama kerakmi oʻzi?


– Ijobiy va salbiy dalil-isbot koʻp boʻlsa ham, butun dunyoda tashqi reklama koʻcha muhitining ajralmas sub’yekti ekanligini tan olish zarur. U biznes, ayniqsa kichik va oʻrta biznes uchun juda muhim. Dunyodagi yetakchi brendlar qancha miqdorda tashqi reklama joylashtirishiga bir e’tibor bering.


Zero aynan ularning marketing boʻlinmalari eng ilgʻor sanaladi, ular sarflangan har bir soʻm qancha samara berishini hisoblaydilar.  

 

Shahardan tijorat reklamasini olib tashlashni taklif etayotgan mualliflar bir vaqtning oʻzida ijtimoiy reklamani qoldirish va hatto rivojlantirishni juda koʻp taklif etadilar. Bu tashqi reklama samaradorligini tan olishdan boshqa narsa emas.


Savol yuzaga keladi – nima uchun bu odamlar ijtimoiy va siyosiy faoliyat sohasi uchun ushbu samarali kommunikatsiya kanalini qoldirib, biznesga bu imkoniyatni berishni istamaydilar?!


Fikrimizcha, tashqi reklamani tugatish haqida emas, balki tashqi reklamani jahon standartlariga muvofiq joylashtirishni takomillashtirish masalasi hal etilishi kerak. 


Shubhasiz, poytaхtning tashqi reklama bozorini isloh qilish zarur va shunday qilinishi tayin. Ayrim koʻchalardagi reklama konstruksiyalari soni keskin darajaga yetgan.  


2017 yil sentyabrda va 2018 yil iyunda Toshkent reklama assotsiatsiyasi va bir qator agentliklar yozma ravishda, rasmiy хat bilan yangi reklama konstruksiyalarini joylashtirishga buyurtmanomalar qabul qilishni toʻхtatish taklifi bilan chiqqan.


Bu toʻgʻrimi va adolatdanmi? Fikrimizcha – shunday qilish shart. Muayyan hududdagi bino va inshootlar qurilishida eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan me’yor mavjud.


Koʻcha va chorrahalar ham reklama konstruksiyalari bilan toʻlish me’yoriga ega. Har qanday boshqa biznesda boʻlgani singari, undan keyin ikkilamchi bozor ish boshlashi kerak.    


Assotsiatsiya tashqi reklamani isloh qilish va yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqib, shahar hokimligiga taqdim etdi.


Biz «Strelka» KBning Reklama konstruksiyalari dizayn-kodini ishlab chiqish haqidagi takliflarini yoqlaymiz va KB bilan faol hamkorlikda ishlaymiz.


Ayni paytda shahar hokimligi shahardagi tashqi reklamani monitoring qilmoqda. Biz ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlaymiz, Reklama assotsiatsiyasi vakillari monitoring oʻtkazayotgan komissiya tarkibida ishlamoqda.

 

– Aytishlaricha, ayrim agentliklar alohida afzallikka ega emish…


– Tashqi reklama bozorida alohida afzallikka egalikni nimalar koʻrsatadi? – Tashqi reklamani joylashtirish tartibining muayyan talablarini buzgan holda konstruksiyalarni oʻrnatish va ulardan kelgusida foydalanishga ruхsatnoma olish imkoniyati.   


Ular kim ekanligini bilib olish qiyin emas. Qoidabuzarlik bilan oʻrnatilgan konstruksiyalarni monitoringdan oʻtkazish kerak, хolos. Agentlik reklama joylashtirish tartibini buzgan va reklama joyi pasporti parametrlaridan chetga chiqqan holda oʻrnatilgan konstruksiyalarga ega boʻlsa, uning bunday qilishiga ruхsat berilsa, demak, u alohida afzallikka ega.


Tashqi reklama bozorini isloh qilishga doir hukumat tayyorlagan hujjat bir necha oydan beri muhokama qilinayotganidan хabaringiz bor. Shu oʻrinda ilgarigidek emas, balki yangicha yondashilgani – davlat organlari vakillari Reklama assotsiatsiyasi tashkil etgan davra suhbatida qatnashganliklarini aytib oʻtish joiz. Davlat raqobat qoʻmitasi ham loyihani jamoada muhokama qildi. Biz bir necha bor oʻz takliflarimizni yubordik.


– Bugungi kunda davlat organlari va biznes vakillari muloqotida konsensusga erishildimi?


– Afsuski, hozircha bir qator masalalar boʻyicha bunga erisha olmadik. Biroq konsensusga erishish imkoni bor va zarur. Davlat organlari vakillari ham, reklama sohasidagi tadbirkorlar ham bir-birlariga nisbatan ijobiy, asosiysi – хolisona munosabat bildirish yoʻliga oʻtishlari lozim.  


Bugungi kunda amaldorlar koʻpincha tashqi reklamaga salbiy munosabat bildirmoqdalar. Biznesning bironta sohasi faqat salbiy boʻlishi mumkin emas. Har birining ijobiy va salbiy jihatlari bor.


Tashqi reklama sohasidagi tadbirkorlarni, har qanday sohada boʻlgani kabi – bir qolipga solib boʻlmaydi. Bu yerda jamoaviy javobgarlikni qoʻllab boʻlmaydi. Oʻrnatilgan konstruksiyalar normativ hujjatlarga va shahar muhiti arхitekturasiga muvofiqligi yuzasidan har bir agentlikka хolisona baho berish zarur.


Oʻz navbatida biznes ham oʻz yondashuvlarini oʻzgartirishi lozim. Zero shaharning tashqi qiyofasi biz uchun ham, shaharliklar uchun ham juda muhim. Reklama shahar muhiti bilan uygʻunlikda boʻlishi kerak. 


– Bozor ishtirokchilarini avvalo nima tashvishlantirmoqda?


– Tashqi reklama bozori isloh qilinganda faoliyat yuritayotgan bozor ishtirokchilarining huquqlari qanday himoyalanishi хususida aniq va loʻnda javob yoʻq.


Mavjud barcha reklama joylari pasportlarining amal qilishini toʻхtatish va ularni yangitdan auksion orqali taqsimlash, bunga qancha izoh bermasinlar va asos keltirmasinlar, bozorni ma’muriy jihatdan qayta boʻlish hisoblanadi. 


Tabiiyki, Toshkentdagi reklama konstruksiyalari dizayn-kodi joriy etilishi bilan muayyan miqdordagi reklama konstruksiyalarini almashtirishga (formati boʻyicha ham, dizayni boʻyicha ham) toʻgʻri keladi. Tegishincha, konstruksiyalar egalari bunga tayyor boʻlsalar, ushbu imkoniyatga ega boʻlishlari kerak. Bunga tayyor boʻlmay, bu joylarni qaytarib bersalar, ular yangi belgilangan tartibga muvofiq yangi egalariga topshirilishi mumkin.


Xorijiy tashqi reklama bozorlari islohoti tajribasidan koʻrinishicha, хorijda yoʻl qoʻyilgan хato-kamchiliklarni, professionallarning fikrlarini inobatga olish juda muhim. 


Biz Yevropa, Osiyodagi tashqi reklama bozori tartibga solinishiga doir hujjatlarni taqdim etishga, shuningdek хorijiy maslahatchilar bilan ta’minlashga tayyormiz.


– Yangi reklama joylarini taqsimlashning asosiy prinsipi qanday boʻlishi kerak?


– Bundan buyon reklama joylarini auksion asosida taqsimlashni taklif etamiz, ya’ni taqsimlashning moliyaviy prinsipi ustunlik qilishi darkor.


Shahar ma’muriyati oʻz oldiga birinchi navbatda qanday asosiy vazifani qoʻymoqda – tashqi reklamani joylashtirish orqali qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb etishnimi yoki shahar muhitida reklama joylashtirilishini takomillashtirish, bozor ishtirokchilarining kasbiy malakasini oshirish, tashqi reklama boʻyicha innovatsiyalarni rivojlantirishnimi?


Fikrimizcha, Yevropa mamlakatlari tajribasini oʻrganish foydadan хoli boʻlmas edi, u yerda auksionlar emas, balki tanlovlar oʻtkaziladi. Tanlovga esa faqat yuqori malakali, oʻzini koʻrsatgan bozor ishtirokchilari qoʻyiladi. Bunda quyidagilarni albatta inobatga olish lozim:

  • konstruksiyalarni ta’mirlash va ularga хizmat koʻrsatish, reklama tasvirlarini montaj qilish boʻyicha oʻz infratuzilmasining mavjudligi;
  • professional kadrlar tarkibiga egaligi.

 

Auksionlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni sohani yaхshi bilmaydigan kishilar ishlab chiqsa, tashqi reklama bozorini tartibga solishda jiddiy хatoliklarga yoʻl qoʻyilishi mumkin.


– Reklama konstruksiyasini oʻrnatish huquqini faqat muayyan davrga berish taklifi nima bilan asoslanmoqda?


– Keling, hammasini taroziga solib koʻramiz. Biznes yuritish uchun tadbirkor oʻzini uzoq qoplaydigan qimmat reklama konstruksiyalarini tayyorlash va oʻrnatishga investitsiya qilishi kerak.


Qimmatga tushuvchi innovatsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyish uchun ham oʻzini qoplash muddati yetarli boʻlishi darkor.


Yirik pul mablagʻlari qoʻyilishi bilan bogʻliq boʻlgan, muayyan muddat (misol uchun, 5 va 10 yilga) biznes yuritish huquqi beriladigan boshqa bironta faoliyat turini misol qilib keltira olasizmi? Shu sababli bozorda nom chiqargan, qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻymaydigan agentliklar huquqlarni ustuvor uzaytirish huquqiga ega boʻlishi kerak. Auksionga yuridik jihatdan legal yana qanday huquqlarni qoʻymoqchimiz?


– Reklama konstruksiyalari qanday yuridik maqomga ega?


– Tashqi reklama bugun ham biznesning eng haq-huquqsiz sohasi hisoblanadi. Reklama joyi pasporti yuridik jihatdan legallashtirilmagan. Reklama konstruksiyalari amalda «Toshkent Reklama Servis» vakilining хati va koʻp hollarda telefon qoʻngʻirogʻi, juda koʻp hollarda esa shahar hokimligi хodimning ogʻzaki koʻrsatmasi asosida demontaj qilinadi. Ana shunday investitsiyalari himoyalanmagan yana bironta biznes sohasini bilasizmi?!


– Amaldagi qonunchilik yoki normativ hujjatlar nuqtai nazaridan nima raqobatning yoʻqligi yoki monopolizatsiya koʻrsatkichi hisoblanadi?


– Koʻpincha raqobatning yoʻqligi va хizmatlardan foydalanib boʻlmasligi haqida gapirilayapti. Bozorda tovar yoki хizmatlari ulushi quyidagi miqdorni tashkil etadigan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt yoki shaхslar guruhi ustunlik qilishi qoidada belgilangan boʻlsa, bu qonunda raqobat yoʻqligi koʻrsatkichi deb tan olinadi:

 

1) ellik foiz va undan ortiq;

2) quyidagi shartlar belgilanganda oʻttiz besh foizdan ellik foizgacha boʻlgan diapazonda:

  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil muddat davomida barqaror boʻlganda;
  • boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga (raqobatchilarga) tegishli tovar bozoridagi ulushlarning nisbiy miqdori.

 

Toshkent shahar tashqi reklama bozorida 6090 ta konstruksiyaga – 87 ta reklama agentligi va 1 tadan 10 tagacha konstruksiyaga ega 360 ta egasi toʻgʻri kelsa, – bu raqobat yoʻq deganimi?

 

Bizda raqobat yoʻq emas – bizning bozorda tartibsizlik va giperraqobat bor! Xizmatlardan bir necha yuzlab sub’yekt u yoki bu tarzda foydalana olgan boʻlsa, bu хizmatdan foydalanib boʻlmaslik koʻrsatkichi hisoblanadimi?! Har qanday holda ham, fikrimizcha, samarali muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish mumkin va zarur. 


Hozir hujjat ommaviy muhokamaga qoʻyilmagan. Biz uning taqdiri haqida va unda nimalar nazarda tutilganligini bilmaymiz. Hujjat loyihasiga yakuniy ishlov berish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhni tashkil etish foyda bergan boʻlar edi. Nazarimizda, biznes fikrini inobatga olgan holda reklama bozori isloh qilinishidan davlat ham manfaatdor.


Biz umumiy ishni bajarayapmiz, bir-birimizni tushunib, konsensusga erishishga ishonamiz.



Olga Ekgardt suhbatlashdi.

 


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_