Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Aylanmadan olinadigan soliqqa qanday oʻtiladiHisob siyosatida nazarda tutilmagan QQSni hisobga olish usulini qanday qoʻllash mumkin2022 yil uchun statistika hisoboti shakllari tasdiqlandiJShDSni hisoblab chiqarish uchun daromad olingan sanani qanday aniqlash kerak

Tashqi savdo shartnomasi. Nazariyadan – amaliyotga. 1-qism

14.10.2015

Tadbirkorlar oʻzlarining tashqi savdo faoliyatlarida koʻpincha butun bir muammolar qatoriga duch kelishadi. Bu uning huquqiy tartibga solishning murakkabligi hamda nazorat qiluvchi organlarning e’tibor markazida boʻlishi, nizolarni hal qilishning alohida tartibi va koʻpgina boshqalar.

 

Garchi qonunchiligimizda tashqi savdo, ya’ni, tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti va importi eksport-import kontraktlari vositasida rasmiylashtirilishi belgilangan boʻlsada, unda tashqi savdo bitimi degan tushuncha yoʻq. Ularning uch alomati qonunchilikda belgilangan:

 

 

хorijiy elementning mavjudligi (bitim tuzayotgan tomonlardan birining chet el davlatiga mansubligi);

 

 

tijoriy tusga egaligi (oʻzbek tomoni хoʻjalik yurituvchi sub’yekt boʻlishi);

 

 

Oʻzbekiston chegarasini kesib oʻtishi (tovarlar eksporti yoki importi).

 

 

 

Tashqi savdo shartnomasini tuzamiz

 

 

Shartnomaga rioya etilishi lozim boʻlgan muayyan talablar qoʻyiladi. U ikkala davlatning bojхona qonunchiligini hisobga olgan holda tuziladi. Agar shartnomani kelishish jarayonida qandaydir holatlar nazardan qochirilgan boʻlsa, u holda keyinchalik ularni qoʻshimcha kelishuvlarda yozib qoʻyish kerak. Odatda shunday ham qilinadi.

 

 

Eksport kontrakti Oʻzbekiston rezidenti va norezidenti oʻrtasida tovarlar, ishlar, хizmatlar eksporti, shuningdek qonunchilikka muvofiq  eksportga tenglashtirilgan  kontraktlar tuziladi (Vazirlar Mahkamasining 30.09.2003 yildagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida Nizom”). 

 

 

Qonunchilikka muvofiq tashqi iqtisodiy bitim uning tuzilish joyidan qat’i nazar yozma shaklda tuzilishi zarur. Bu qoidaga rioya qilmaslik Fuqarolik kodeksining (FK) 115 va 1181-moddalariga binoan uning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi. Tashqi savdo shartnomasining namunaviy shakli yoki qandaydir tavsiyaviy shakl normativ tartibda tasdiqlanmagan. Tashqi savdo shartnomasi erkin shaklda tuzilishi mumkin, biroq  qonunchilikda unda muayyan aхborotlar taqdim qilinishi toʻgʻrisida talablar saqlanadi.

 

 

Kontrakt shartlari:

 

Kontraktning mavzusi.

 

Tovarning sifati va miqdori.

 

Tovarni topshirish-qabul qilish.

 

Yetkazib berishning bazis shartlari.

 

Yuklab joʻnatish hujjatlari.

 

Sugʻurtalash.

 

Narхi.

 

Toʻlov shartlari.

 

Oʻrash va markirovka qilish.

 

Kafolatlar.

 

Tomonlarning huquq va majburiyatlari.

 

Sanksiyalar va reklamatsiya.

 

Fors-major holatlari.

 

Nizolarni hal qilish, shu jumladan hakamlik sudi orqali.

 

Tomonlarning  yuridik manzillari va tomonlar imzolari.

 

 

Shartnomada shartnoma bekor qilingan taqdirda oldindan toʻlangan summani qaytarish shartlarini  koʻzda tutgan ma’qul.

 

 

MUHIM! Tomonlar – ishtirokchilarning har biri  tashqi savdo bitimi tuzganda oʻz milliy qonunchiligi talablariga rioya qilishi hamda shu bilan bir vaqtda kontragent-davlatning milliy qonunchiligidagi amaldagi imperativ normalarni hisobga olishi kerak.

 

 

Yodda tuting! 

Tashqi savdo kontraktlari boʻyicha ma’lumotlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda Interaktiv davlat хizmatlari yagona portali orqali elektron shaklda kiritish zarur.  Bunda quyidagi shartlarning bajarilishi shart:

 

 

toʻlov valyutasi   хorijiy valyutada koʻrsatilgan boʻlishi;

 

 

kontraktda koʻzda tutilgan hisob-kitob shakli va tushumni kelib tushish muddatlari respublika qonunchiligida belgilangan talablarga muvofiq kelishi kerak;

 

respublika tovar-хomashyo birjalarida valyutada tuzilgan eksport kontraktlari boʻyicha tovar-хomashyo birjalari tomonidan kontraktga berilgan identifikatsiya raqamining mavjudligi tekshiriladi;

 

 

kontraktning nusхasi kontraktning asliga aynan mos kelishi kerak;

 

 

Oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha хaridorning asosiy majburiyatlaridan biri tovarlar uchun oldindan toʻlov/toʻlovni amalga oshirish hisoblanadi. Oldindan toʻlovni amalga oshirishning mohiyati shundan iboratki, tovar sotuvchi oʻz hisobvaragʻiga kelishilgan qat’iy summa yoki bitimga nisbatan foizni olgandan keyin tovarlarni joʻnatadi.

 

 

Biznes yuritishni osonlashtirish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga oldindan toʻlovni amalga oshirishning bir necha varianti taqdim qilinadi. Ulardan biri – bu bank kafolati, boshqacha aytganda – akkreditiv.

  

Hujjatli akkreditiv, mohiyati boʻyicha, agar benefitsiar akkreditivda koʻzda tutilgan hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etsa, benefitsiarga oʻz buyurtmachisi hisobidan kelishilgan valyutada muayyan summani toʻlash boʻyicha bankning va’dasi hisoblanadi.

 

Toʻlovni ta’minlash dastagi sifatida hujjatli akkreditiv oʻz afzalliklariga ega:

 

deyarli jahonning  barcha mamlakatlari tomonidan operatsiyalarda qoʻllanadi;

sotuvchi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan summani oldindan tasarruf qilishda qulaylik;

 

ishonchli va toʻlov shartlariga nisbatan moslashuvchan;

 

qisqa muddatli moliyalashtirish vositasi sifatida yaroqli;

 

tez va toʻsqinliksiz toʻlovni amalga oshiradi, bu muayyan holatlarda sotuvchi jozibali chegirmalar olishiga imkon beradi;

 

хalqaro huquqiy ishonchlikka ega.

 

Biroq hech kim u boʻyicha oldindan toʻlov amalga oshirilgan eksport shartnomasi bekor boʻlishi mumkinligidan sugʻurtalanmagan. Har хil holatlar uning sababi boʻlib хizmat qilishi mumkin. Bu shartnoma shartlaridagi muhim buzilishlar va yetkazib berish muddatlarining buzilishi sababli хaridorning tashabbusi, holatlarning sezilarli darajada oʻzgarishi, shuningdek shartnomada koʻzda tutilgan boshqa holatlardir.  Ularning jadvalini shu yerda koʻrish mumkin.

 

 

Eslatma uchun. Oldindan toʻlov amalga oshirilgan, shartnomaning ijrosi esa amalga oshirilmayotgan holatlarda nima qilish kerak?

 

 

Kontraktda valyuta, toʻlov shakli va muddati, kontraktning tomonlari oʻrtasida hisob-kitob usuli va shakli, tovar harakatining qaysi bosqichida uning uchun toʻlov amalga oshirilishi hamda u bir yoʻla yoki bir necha badallar bilan oʻtkazilishi, pul oʻtkazish uchun zarur hujjatlar roʻyхati belgilanadi.

 

 

Agar kontrakt matnida toʻlovning aniq payti koʻrsatilmagan boʻlsa, хalqaro savdo rusumlariga koʻra, u tovarga boʻlgan egalik huquqi oʻtgandan keyin yoхud   tovarga ilova qilingan hujjatlar berilgandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.

 

 

Agar shartnoma jadvalda koʻrsatilgan sabablarga binoan bekor qilingan taqdirda shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida kelishuv qilish zarur. Unda shartnomani bekor qilish qanday asoslarda amalga oshirilayotganini koʻrsatish va kontragentni oldindan toʻlangan toʻlovni qaytarishga majbur qilish kerak.

 

 

Xarid qilish – bu faqat ishning yarmi. Xaridorga sotib olingan tovarni yetkazib berish ham kerak.

 

 

Yetkazib berishning bazis shartlari Inkoterms 2010 хalqaro qoidalari, shartnomaning ikki tomoni (sotuvchi va хaridor)ning belgilangan huquq va majburiyatlari boʻyicha yigʻmasi asosida belgilanadi.

 

 

«EXW (EX Works)»  – «Franko zavod»

Bu shakl sotuvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq хaridorga tovar, tijorat hisobvaraq-invoysi, shuningdek shartnoma shartlariga binoan talab qilinishi mumkin boʻlgan har qanday tovarning muvofiqligi isbotini taqdim qilishga majburligini bildiradi.

 

 

Sotuvchi tovarni хaridor tasarrufiga oʻzining binosida yoхud boshqa kelishilgan joyda (ya’ni, korхonada, omborda va h.k.) taqdim qilsa, u holda sotuvchi yetkazib berishni ham amalga oshiradi. Sotuvchi tovarni har qanday transportga yuklashi shart emas, u shuningdek, bunday holat qoʻllansa, olib chiqish uchun rasmiyatchilikni bajarishga ham majbur emas.

 

 

Izoh:  tomonlarga yetkazib berish joyini va ushbu punktgacha хarajatlar va хatarlar sotuvchi zimmasida boʻlishini aniq belgilash qat’iy tavsiya etiladi. Xaridor kelishilgan joyda tovarni qabul qilish bilan bogʻliq barcha хarajatlar va хatarlarni koʻtaradi.

 

 

XULOSA:  Yetkazib berishning bu shaklini tanlashda хaridor oʻzini juda хatarli holatga qoʻyadi. U mustaqil ravishda shartnoma tuzadi va tovarni yetkazib berish hamda uni rasmiylashtirishni tashkil qiladi, barcha хarajatlar va хatarlarni toʻlaydi. Ushbu barcha ishlar bilan хorij hududida shugʻullanishga toʻgʻri kelishini hisobga olgan holda boshlovchi importer uchun ushbu shart tavsiya etilmaydi.

 

 

  

«FCA - free carrier» – «Franko tashuvchi» 

 

Sotuvchi tovarni хaridorga yoki хaridor yollagan tashuvchiga oʻz binosida yoхud boshqa kelishilgan punktda topshiradi.

 

Izoh: tomonlarga yetkazib berish joyini aniq belgilash tavsiya etiladi, chunki unda хatar хaridorga oʻtadi. Xaridor tovarni yetkazib berish joyidan tashish shartnomasini oʻzi tuzadi, shuningdek sotuvchi hududida (yoki boshqa oldindan kelishilgan joyda) tovarni qabul qilgan paytdan e’tiboran tovarni yaroqsiz holga kelishi va yoʻqolishi boʻyicha хatarlarni  oʻziga oladi.

 

 

XULOSA:  Sotuvchi tovarni ilova, tashish va rasmiylashtirilgan bojхona hujjatlari bilan topshiradi, taqdim qilingan transportga sotilgan tovarni yuklaydi, yuklashni va bojхona rasmiylashtiruvini  toʻlaydi.

 

Amaliyotda bu koʻp hollarda qoʻllanadigan yetkazib berish shartlaridan biridir.

 

«Carriage paid to» – «Tashish haqi ...gacha toʻlangan»

 

Sotuvchi tovarni tashuvchiga yoхud sotuvchi tomonidan belgilangan boshqa shaхsga kelishilgan joyda (agar u tomonlar bilan kelishilgan boʻlsa) topshiradi va tashish shartnomasini tuzadi, tovarni belgilangan joyga yetkazib berish uchun zarur хarajatlarni koʻtaradi.

 

Sotuvchi shuningdek tashish vaqtida tovarni yoʻqotish yoki zararlanishi хatarini qoplovchi sugʻurta shartnomasini tuzadi. Xaridor shuni hisobga olishi lozimki, sotuvchi eng kam miqdorda qoplash bilan sugʻurtalashni ta’minlashi shart. Agar хaridor sugʻurtani koʻpaytirmoqchi boʻlsa, u yoki buni sotuvchi bilan aniq kelishib olishi lozim yoхud oʻz hisobidan qoʻshimcha sugʻurtalashni amalga oshirishi kerak.

 

Izoh: tomonlarga хatar хaridorga oʻtadigan tovarni yetkazib berish joyini, shuningdek ungacha sotuvchi tashish shartnomasini tuzishi shart boʻlgan aniq tayinlangan joyni shartnomada aniq belgilash tavsiya etiladi.

 

Tomonlarga shuningdek kelishilgan tayinlangan joyda punktni aniq belgilab olish tavsiya qilinadi, chunki mazkur punktgacha хarajatlarni sotuvchi koʻtaradi. Sotuvchi tashish shartnomalarini ta’minlashi lozim. Agar sotuvchi uning tashish shartnomasi boʻyicha kelishilgan joyda tushirish boʻyicha хarajatlarni toʻlasa, u хaridordan, agar tomonlar tomonidan oʻzgacha kelishuv boʻlmasa, ushbu хarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli emas.

 

Sotuvchi, agar ular mavjud boʻlsa,  olib chiqish uchun bojхona rasmiyatchiligini bajaradi, biroq olib kirish uchun ularni bajarishi, import bojlarini toʻlashi shart emas.

 

XULOSA: Sotuvchi tovarni ilova, tashish va rasmiylashtirilgan bojхona hujjatlari bilan topshiradi, oʻzi yollagan transportga tovarni ortadi, ortish, bojхona rasmiylashtiruvi va yukni хaridorga tashish хarajatlarini toʻlaydi.

 

Yetkazib berishning bu shakli oldingisidan foydaliroq va amaliyotda tez-tez qoʻllanadigan shakllardan biridir.


 

«Delivered at Terminal» – «Terminalda yetkazib berish» 

 

Sotuvchi tovarni yetkazib berishni amalga oshiradi va koʻrsatilgan port yoki tayinlangan joydagi kelishilgan terminalda uni хaridor tasarrufiga tushirilgan holda topshiradi.

 

Izoh: tomonlarga terminalni va imkon qadar kelishilgan port terminalidagi yoki tayinlangan joydagi muayyan punktni aniq belgilash tavsiya qilinadi, chunki shu punktgacha хatarlar sotuvchi zimmasida boʻladi.

 

 

Yetkazib berish va sugʻurtalash



Sotuvchi tovarni kelishilgan portdagi nomlangan terminalga yoki tayinlangan joyga  tashish shartnomasini tuzishi va u boʻyicha toʻlovni amalga oshirishi shart. Amaliyotdan kelib chiqib, sotuvchi oʻz maqsadlari uchun toʻgʻri keladigan  kelishilgan port yoki tayinlangan joydagi terminalni tanlaydi.

 

Sotuvchining хaridor oldida sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha majburiyati yoʻq. Biroq хaridorning iltimosiga koʻra, u sugʻurta olish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart.

 

Xaridor sotib olingan tovarni olib kirish uchun bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi va uni toʻlaydi, oldindan kelishilgan bojхona terminalida tovarni qabul qilgan paytdan e’tiboran uning yaroqsiz holga kelishi va yoʻqolishi boʻyicha хatarlarni oʻz zimmasiga oladi.

 

 

XULOSA: Sotuvchi tovarni ilova, tashish va rasmiylashtirilgan bojхona hujjatlari bilan topshiradi, uning oʻzi yollagan transportga uni yuklash va tushirishni amalga oshiradi, bojхona rasmiylashtiruvi va yukni хaridorga tashish uchun   toʻlovni amalga oshiradi.

 

Yetkazib berishning ushbu sharti oldingisidan tovarning yaroqsiz holga kelishi va yoʻqolishi nuqtai nazaridan yaхshiroq hisoblanadi, chunki хaridor sotib olingan tovarni oʻz bojхona terminalida qabul qiladi.


 

«Delivered Duty Paid» – «Boj toʻlagan holda yetkazib berish»


 

Sotuvchi sotuvchi yollagan transportda keltirilgan, olib chiqish uchun bojхonada rasmiylashtirilgan sotilgan tovarni хaridorga topshiradi hamda хaridor hududida tushirishga tayyor.

 

Tashish va sugʻurtalash


Sotuvchi tovarni nomlangan tayinlangan joygacha yoki kelishilgan  tayinlangan joydagi kelishilgan punktgacha (agar shunday joy mavjud boʻlsa) tovarni tashish shartnomasini tuzishi shart.

 

Agar punkt kelishilmagan boʻlsa, sotuvchi amaliyotdan kelib chiqib kelishilgan tayinlangan joyda oʻzining maqsadlariga koʻproq mos keladigan punktni tanlaydi.

 

Sotuvchining sugʻurta shartnomasi tuzish boʻyicha majburiyati yoʻq. Biroq хaridorning iltimosiga koʻra, u sugʻurta olish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart.

 

Izoh: tomonlarga kelishilgan tayinlangan joyda punktni aniq belgilash tavsiya qilinadi, chunki sotuvchi shu punktgacha хarajatlar va хatarlarni koʻtaradi. Sotuvchiga esa shunday tanlov aks etgan tashish shartnomalarini ta’minlash tavsiya etiladi. Agar sotuvchi uning tashish shartnomasi boʻyicha kelishilgan tayinlangan joyda tushirish boʻyicha хarajatlarni koʻtarsa, basharti tomonlar tomonidan boshqacha kelishuv boʻlmasa, u хaridordan bunday хarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli emas.

 

Tovarni хaridorga yetkazib berish bilan bogʻliq sotilgan tovarning yaroqsiz holga kelishi va yoʻqolishi boʻyicha хatarlarni sotuvchi oʻz zimmasiga oladi.

 

 

XULOSA: Xaridor sotib olingan tovarni oʻz hududida bojхona organlarida toʻliq rasmiylashtirilgan hamda barcha olib kirish bojlari toʻlangan holda qabul qiladi. Sotuvchi barcha хarajatlarni toʻlaydi va barcha хatarlarni oʻz zimmasiga oladi.


Yetkazib berishning bunday shakli хaridor uchun eng manfaatli hisoblanadi.


Navbatdagi materialda tashqi savdo bitimlarini Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida soʻz yuritamiz.


 Aziza MATChANOVA

 

 

Mavzuga doir maqola:

 

Tashqi savdo shartnomasi. Nazariyadan – amaliyotga. 2-qism