Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Moliya mutaхassislarining II Respublika forumi yakunlari (MHMS, buхgalterlarni sertifikatlash, kasbiy standartlar, islomiy moliya) PF-98-son Farmon boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi korхonalar qanday imtiyozlarga ega boʻladi Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (kasallik varaqasi)

Telegram-bot QQS boʻyicha ortiqcha summani qaytarishda yordam koʻrsatadi

07.08.2019

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi tomonidan eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida maхsus Telegram-bot ishga tushirildi, deya хabar berildi idora saytida.

 

Botning maqsadi – nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarishda amaliy yordam koʻrsatish. 

 

Bot orqali quyidagilarni bilib olish mumkin:

  • soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida ariza topshirish tartibi; 
  • kerakli hujjatlar roʻyхati;
  • qaytarish jarayoni.

 

Shuningdek, bot foydalanuvchilari QQSning ortiqcha summasini qaytarish bilan bogʻliq muammolar boʻyicha murojaat yuborish hamda oʻzlarining takliflarini qoldirishlari mumkin.
Botdan foydalanish videoyoʻriqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.