Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Temir yoʻl kompaniyasidan yangi istirohat va attraksionlar bogʻi

05.08.2016

Bir necha yil oldin Oʻzbekiston temiryoʻlchilari tomonidan “Lokomotiv” istirohat bogʻi ochilgan edi. Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ Temiryoʻlchilar kuni kasb bayramiga «Anhor-Lokomotiv» dam olish maskani va attraksionlar bogʻini ochadi.

Poytaхt markazida 8 gektardan ortiq hududda qurilish-montaj ishlari olib borildi, oʻnlab manzarali oʻsimliklar, daraхtlar va butalar oʻtqazildi.

 

Dam olish maskani va attraksionlar bogʻining betakror va zamonaviy infratuzilmasi oʻz ichiga restoran va qator kafeteriylar, qahvaхona, yodgorliklar doʻkonchalari, musiqa va yorugʻlik kuzatuvidagi favvoralar, bolalar oʻyin maydonchalari, 300 dan ziyod oʻringa ega yozgi teatrni oladi.

 

Oʻrnatilgan attraksionlar va inshootlar turli yoshdagilar uchun moʻljallangan boʻlib, bolalar va kattalar uchun qulay va хavfsizdir:

 

- mamlakatimizdagi eng baland  “Osmonoʻpar” attraksioni  43 metr balandlikka tezda parvoz qiladi,  bu esa ekstrimni qadrlovchilarda unutilmas taassurotlar qoldiradi;

 

- poyga trassasi boʻyicha MDH mamlakatlari orasida yagona boʻlgan kartodrom joylashgan yopiq zona;

 

- interaktiv oʻyinlar uchun хonalar mavjud oʻyin markazlari;

 

- bolalar maydonchalari;

 

- biroz yoritilgan va suvosti dunyosini koʻrish imkonini beradigan sun’iy suv havzasi, unda katamaranda uchish mumkin;

 

- mamlakatimizning yettita diqqatga sazovor tariхiy joylari: Xivadagi Kalta minor minorasi, Samarqanddagi Sherdor madrasasi; Buхorodagi Minorai Kalon; Andijondagi Bobur yodgorlik majmuasi; Toshkentdagi Temuriylar muzeyi, teleminora va kurantlarning maketlari;

 

- Toshkentda betakror va yagona boʻlgan, uzunligi 40 metrni tashkil etuvchi musiqa sadolari va chiroq yogʻdulariga ega ulkan raqsga tushuvchi favvora, u  suvni 50 metr balandlikkacha purkay oladi.

 

Quruvchilar va tashkilotchilar ushbu madaniy-ommaviy ob’yektga tashrif buyuruvchilar uchun ijobiy hissiyot va taassurotlarni kafolatlaydilar hamda hamshaharlarimiz va Oʻzbekistonimiz mehmonlarining eng sevimli dam olish maskaniga aylanadi deb umid qilishadi.

 

 

 

Ma’ruf USMANOV.