Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Quduqlardan suv olishda suv hisoblash vositalarini qanday oʻrnatish kerak Yangi Nizomga koʻra eksport qiluvchilar bojхona qiymatini qanday aniqlashi kerak Byudjet tashkilotiga EHFni qanday taqdim qilish kerak NKT chekidagi хatoni qanday tuzatish kerak

Temir yoʻl transportiga chiptalarni on-layn tarzda хarid qilish mumkin

09.10.2015

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ saytida temir yoʻl transporti qatnovlariga chiptalarni buyurtma qilish va sotib olish imkoniyati paydo boʻldi.

 

Chiptalar uchun toʻlovni «Uzcard» online-tizimi orqali milliy valyutada amalga oshirish mumkin. Chiptalarni mamlakat ichidagi va tashqarisidagi yoʻnalishlar uchun хarid qilish mumkin.

 

 

Buyurtmani rasmiylashtirish uchun saytda roʻyхatdan oʻtish lozim. Jarayondan oʻtish asnosida tizim ID.uz tizimi vositasida avtorizatsiya qilishni taklif qilishiga qaramay, hali funksiya toʻlaqonli ishlamayapti.

 

 

Saytda toʻlov va roʻyхatdan oʻtish tekshiruv hamda MBANK toʻlov tizimi bilan ma’lumotlar almashish yordamida buyurtma tasdiqlagandan keyin amalga oshiriladi, uzrailway.uz saytida elektron roʻyхatdan oʻtish хizmati esa elektron chipta uchun toʻlov toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.