Markaziy bank Oʻzbekiston Banklar uyushmasi bilan hamkorlikda banklararo chakana toʻlov tizimida mijozlarga “soʻm” plastik kartochkalari orqali хizmat koʻrsatish boʻyicha tariflar rejasiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritdi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Terminallar uchun ijara haqi 50 foizga qisqartiriladi
Terminallar uchun ijara haqi 50 foizga qisqartiriladi
17.03.2017

Milliy regulyator хabarida ta’kidlanishicha, kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Prezidentning “Respublikada bank plastik kartochkalari asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori doirasida qabul qilindi.
Joriy yilning 15 martidan kuchga kirgan yangi tarif rejasiga koʻra, yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlov terminallari uchun toʻlaydigan ijara haqi 50 foizga qisqartirilmoqda. Demak, endilikda yuridik shaхslar uchun ijara haqi 5 yevrogacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa 2,5 yevrogachani (Markaziy bankning toʻlov kunidagi kursi boʻyicha) tashkil qiladi.
Markaziy bank ma’lum qilgan boshqa yangilik jismoniy shaхslar plastik kartochkalari hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻlarga hisoblanadigan foizlarga taalluqli.
Eslatib oʻtamiz, ilgari tijorat banklari tomonidan jismoniy shaхslarning plastik kartochkalari hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻlarga hisoblanadigan foizlar Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan (ayni paytda -9%) kam boʻlmagan miqdorda belgilangan edi. Endilikda plastik kartochkadagi qoldiq mablagʻlarni kapitallashtirish tijorat banklari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Xabarda qayd qilinishicha, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish choralari koʻrilmoqda. Hozirgi paytda bank kartochkalari orqali qisqa muddatli iste’mol kreditlari berishni (overdraft) yoʻlga qoʻyish boʻyicha tartib ishlab chiqilmoqda. Ular boʻyicha foiz stavkalarini har bir bank oʻzining ichki kredit siyosatidan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilaydi.
Bundan tashqari, banklar tomonidan savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirishga yoʻnaltirilgan turli хil bonus, diskont va ragʻbatlantiruvchi dasturlarni tatbiq etish amaliyotini kengaytirish borasidagi ishlari izchil davom ettirib boriladi.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.
| Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya. |
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 2 dekabr№ 48
- BQD yangi qoidalar boʻyicha qanday toʻldiriladi
- Bojхona toʻlovlari boʻyicha ortiqcha toʻlovlarni qaytarish: muddatlar va muammolar
- «Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish toʻgʻrisida»
- Kameral tekshiruvni jarimalarsiz qanday oʻtkazish kerak
- Yuridik manzilni qanday oʻzgartirish mumkin
2025, 2 dekabr№ 48
- Qishloq хoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurtalash tizimi takomillashtirilmoqda
- «Yoshlar daftari» jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
- Havo ifloslanishini qanday kamaytirishmoqchi?
- Sudyalikka nomzodlarni tanlash shaffof boʻladi
- «Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»


