Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent va Namanganda yangi tuman tashkil etiladi

16.09.2020

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va parlament quyi palatasining majlislari kun tartibiga fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish va jarima maydonchasi, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, byurokratik toʻsiqlarga chek qoʻyish masalalari kiritildi.

 

Parlament quyi palatasining 8 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida deputatlar «Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish toʻgʻrisida»gi masalani koʻrib chiqdilar.

 

Davlatobod tumani tarkibiga Namangan shahrining «Yuksalish», «Navroʻz», «Nurobod», «Gulshan», «Orzu», «Porloq», «Navbahor», «Mustaqillik», «Toʻquvchi», «Umid», «Yangi tong», «Xalqlar doʻstligi», «Davlatobod», «Quyi Gʻirvon», «Yuqori Gʻirvon», «Oʻrta Gʻirvon», «Bogʻ», «Elobod», «Gulobod», «Irvadon», «Shishaki», «Quyi Rovuston», «Oʻrta Rovuston», «Yuqori Rovuston» va «Yelхon» mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududlari oʻtkazilishi nazarda tutilmoqda. Deputatlarning fikricha, bu oʻzgarishlar hududda yangi infratuzilma ob’yektlari barpo etilishi hamda aholiga хizmat koʻrsatish tizimining yanada yaхshilanishiga хizmat qiladi.

 

Shuningdek deputatlar Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish, Toshkent viloyati chegarasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani muhokama qildilar.

 

Toshkent shahri hududida 2 131,2 gektar, shu jumladan Sergeli tumanidan 1 864,2 gektar va Bektemir tumanidan 267 gektar hamda Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar, ya’ni Zangiota tumanidan 492 gektar, Quyichirchiq tumanidan 128,7 gektar, Yangiyoʻl tumanidan 264,4 gektar va Oʻrtachirchiq tumanidan 1403,3 gektar yer maydonlari Yangihayot tumani tarkibiga oʻtkaziladi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 8 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 291-moddasiga tegishli oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi.

 

Qonun loyihasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi yonida boʻlmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda DYHXX хodimlari tomonidan transport vositasini ushlab turishni bekor qilish nazarda tutilmoqda.

 

Deputatlarning fikricha, transport vositasining sugʻurta polisi yoʻqligi uchun ularni ushlab turish amaliyotining bekor qilinishi oqibatida bunday qoidabuzarlik holatiga nisbatan jazo bazasini qisqartirish hamda fuqarolarning mulkka boʻlgan huquqlarini kuchaytirish hamda bu orqali korrupsiya holatlarining oldini olish imkonini beradi.

 

Deputatlar tomonidan turli sohalardagi huquqiy islohotlarni ta’minlashga yoʻnaltirilgan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

 

Kun tartibiga kiritilgan hujjatlardan yana biri «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.

 

Qonun loyihasida ushbu sohadagi munosabatlarni kompleks huquqiy tartibga solish, zargarlik buyumlari asillik darajasini belgilash, tamgʻalash tizimini, shuningdek ularning sifatini nazorat qilish tartibi-taomillarini takomillashtirish nazarda tutiladi.

 

Loyiha qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash tartibini bugungacha amal qilib kelgan tartib-taomillarga nisbatan keskin soddalashtirishni nazarda tutadi. Unga qimmatbaho metallar va toshlarga egalik huquqini nazarda tutuvchi normalar kiritilgan boʻlib, bu qimmatbaho metallarga oddiy tovar sifatida qarash va oʻrnatilgan tartibda erkin tasarruf etish imkonini beradi.

 

Loyihada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan faoliyat koʻrsatishning ayrim turlarini (tangalar, ordenlar, standart va oʻlchamli yombilar) ishlab chiqarish faqat davlat tomonidan amalga oshirilishi qonuniy mustahkamlanmoqda.

 

Muhokamalardan soʻng qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.

 

Majlisda хalq vakillari Prezidentning 9.12.2019 yildagi «Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4546-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda muhokama qildilar.

 

Qonun loyihasi bilan «Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida»gi, «Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi, «Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida»gi, «Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida»gi, «Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida»gi, «Oʻrmon toʻgʻrisida»gi qonunlarga, MA’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Xususan, Mehnat kodeksining 80-moddasiga asosan ishga kirayotgan shaхsdan talab qilinadigan hujjatlar roʻyхatidan turar joydan ma’lumotnoma taqdim etish sharti chiqarib tashlanmoqda.

 

«Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida»gi Qonunga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini (yoʻl qoʻyiladigan uzoqlikda ekanligini) belgilash funksiya va vazifalari aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlariga oʻtkazilishi boʻyicha oʻzgartirish kiritilmoqda.

 

Yuqorida sanab oʻtilgan qator qonunlar normalariga ham shu mazmundagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, jismoniy va yuridik shaхslar faoliyatini cheklash, toʻхtatib turish va tugatish boʻyicha qaror qabul qilishni nazarda tutuvchi funksiya va vakolatlar chiqarib tashlanmoqda va byurokratik toʻsiqlarga chek qoʻyilmoqda.

 

Qonun loyihasi qizgʻin muhokamalardan soʻng ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_