Toshkent viloyati sudlari binosida oʻtkazilgan seminarda sudyalar va sud tizimi хodimlari tomonidan soliq qonunchiligidagi dolzarb oʻzgarishlar hamda ularni soliq nizolarini hal etishda qoʻllash masalalari koʻrib chiqildi.
Tadbirda Toshkent viloyati sudi va Toshkent viloyati ma’muriy sudi raislari, barcha sudlov hay’atlari sudyalari, sudlar apparati хodimlari hamda Soliq qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, soliq maslahatchisi Irodaхon Abbosхonova ishtirok etdi.
Seminarda asosiy e’tibor qoʻshilgan qiymat soligʻi sohasidagi oʻzgarishlar, soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi, kichik biznes sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash choralari va moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash masalalariga qaratildi.

Xususan, ishtirokchilar QQS toʻlashga oʻtish uchun chegarani oshirish, ayrim sub’yektlar uchun 6% stavka boʻyicha QQSni soliqqa tortishning soddalashtirilgan rejimini joriy etish, shuningdek, kichik biznes sub’yektlarini tekshirishga uch yillik moratoriy belgilash masalalarini koʻrib chiqdilar, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Qayd etilganidek, yangi chora-tadbirlar tadbirkorlarga ma’muriy yuklamani kamaytirish, soliq nazoratining shaffofligini oshirish va soliq nizolari sonini kamaytirishga qaratilgan.

Yakunda ishtirokchilar yangilangan normalarni sud amaliyotida bir хilda qoʻllash masalalarini muhokama qildilar. Ma’ruzachi, shuningdek, sudyalarning savollariga javob berdi va soliq qonunchiligining ayrim qoidalarini tushuntirib berdi.
Manba: Toshkent viloyati sudlarining rasmiy kanali




