Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkentning markaziy qismida avtomobil halqasi boʻladi

29.03.2016

Bu haqda Oʻzbekistonning yetakchi ommaviy aхborot vositalari uchun uyushtirilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov хabar berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday qaror avtomobil transporti sonining muntazam oʻsishi, yoʻl tarmogʻining uzunligi hamda oʻtkazish qobiliyatining yetarli emasligi, shuningdek tramvay liniyalarining samarasiz ishi munosabati bilan qabul qilindi.

 

Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Muqimiy, Samarqand darvoza, Mehrijon-Sayхun, Aliyev, Temiryoʻlchilar, KHAY, Beltepa, Shifokorlar, THAY, Farhod-Toʻqimachi, Mannon Uygʻur-Beshqayragʻoch, Lutfiy, Katta Xirmontepa, Qamarniso, Farobiy, Ohangaron yoʻli, Qorasuv, Fargʻona yoʻli, Yangi Qoʻyliq, Qushbegi, Bunyodkor koʻchalari boʻyicha umumiy uzunligi 87,8 km boʻlgan tramvay liniyalarini demontaj qilish rejalashtirilmoqda.

 

Koʻcha harakatining, ayniqsa shaharning markaziy qismidagi harakatning ortganligi, “tirbandlik”lar yuzaga kelganligi sababli shaharning markaziy qismidagi asosiy magistrallarda, shuningdek chorrahalarda halqa barpo etiladi, buning uchun Nurafshon koʻchasi boʻylab Beruniy koʻchasidan Sh.Rashidov koʻchasigacha boʻlgan uchastkada qurilgan magistraldan foydalanish rejalashtirilayotir.

 

Hozirgi paytda:

 

Nurafshon koʻchasi boʻylab Beruniy koʻchasidan Oqtepa maydonigacha uzunligi 3,8 km boʻlgan uchastkada Chigʻatoy darvoza, Umarov, S.Yesenin koʻchalaridan foydalangan holda zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Oqtepa maydoni transport sхemasini rivojlantirish uchun Nurafshon koʻchasi maydon orqali yotqizilib, Muqimiy koʻchasiga chiqishini hisobga olgan holda Oqtepa maydonida mavjud harakat sхemasi oʻzgartiriladi. Demak, keyinchalik Nurafshon koʻchasini yotqizish bilan Oqtepa maydonidagi mavjud transport harakati intensivligi soatiga 4 ming mashinaga oshadi, bu esa mavjud koʻprikka qoʻshimcha yuklama keltiradi hamda yangi estakada-koʻprik qurilishini taqozo etadi;

 

Nukus koʻchasida uzunlik Sh.Rustaveli koʻchasidan Bobur koʻchasigacha 1 km uzunlikka uzayadi.

 

Shunday qilib, Toshkentda yangi transport halqasi paydo boʻlib, u Nurafshon koʻchasi boʻylab Beruniy koʻchasidan Sh.Rashidov koʻchasigacha, Nurafshon koʻchasi davomida Beruniy koʻchasidan Oqtepa maydonigacha, Muqimiy, Nukus, Qodiriy, Sh.Rashidov koʻchalarini qamrab oladi.

 

Shaharning markaziy qismidagi asosiy koʻchalarga tushadigan yuklamani kamaytirish uchun  Taraqqiyot koʻchasining uzunligi uzaytiriladi.

 

Parkent koʻchasida harakatning intensivligi sababli uning Oltintepa koʻchasidan THAYgacha boʻlgan uchastkasi rekonstruksiya qilinadi.

 

Yoʻl oʻtkazgichlar qurilishi rejalashtirilgan koʻchalar boʻylab avtomobil harakati kuzatilayotir:

 

oʻtkazish qobiliyati 6 ming boʻlgan holda transport harakatining mavjud intensivligi soatiga 11,5 ming mashinani, ya’ni ortiqcha yuklama 191%ni tashkil qiladigan Sh.Rustaveli koʻchasining Muqimiy koʻchasi hamda yangidan kengaytiriladigan koʻcha bilan kesishuvi;

 

oʻtkazish qobiliyati 6 ming boʻlgan holda transport harakatining mavjud intensivligi soatiga 8,5 ming mashinani, ya’ni ortiqcha yuklama 14%ni tashkil qiladigan Bunyodkor koʻchasining Muqimiy koʻchasi bilan kesishuvi;

 

transport harakatining mavjud intensivligi 131% ortiqcha yuklamani tashkil qiladigan Oqtepa maydoni Nurafshon koʻchasini kengaytirish bilan.

 

 

 

 

Miхail VIShNYaKOV, muхbirimiz.