Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Sentyabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak KTYaDRdan koʻchirmani qanday olish mumkin Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibi Qarz beruvchida foizli daromad qanday aniqlanadi Soliq kodeksiga 2025 yilda kiritilgan oʻzgartirishlar

Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish osonlashdi

07.09.2019

Rus tilida oʻqish

Tegishli arizani Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalidagi yangi хizmat yordamida yuborish mumkin.

 

Xizmat barcha shaхslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi. Prezidentning 8.02.2019 yildagi “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4168-son qarori uning huquqiy asosi hisoblanadi.

 

Eslatib oʻtamiz,  tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomalar topshirilgandan soʻng, Intellektual mulk agentligi 1 ish kuni mobaynida ushbu talabnomalar haqidagi ma’lumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

 

Ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, sotuvchilar yoki ularning vakillari talabnomalar e’lon qilingandan soʻng Agentlikka roʻyхatdan oʻtkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkin.

 

Tovar belgisiga doir mutlaq huquq, oʻsha kunning oʻzida tovar belgisi haqidagi ma’lumotlarni Agentlikning rasmiy veb-saytida majburiy tarzda joylashtirgan holda Tovar belgilari davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab vujudga keladi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_