Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toʻlov terminali ishdan chiqdi: sotuvchi nima qilishi kerak

29.06.2016

Savdo shoхobchasida “Toʻlov” operatsiyasini bajarishda ishdan chiqish vaziyatlari vujudga kelishi mumkin. Bu sodir boʻlgan taqdirda nima qilish kerak? «UzCard» milliy toʻlov tizimining Umumrespublika yagona protsessing markazi savdo shoхobchalari egalari uchun tavsiyalarni tayyorladi.

 

UYaPM e’lonida qayd qilinishicha, ishdan chiqish vaziyatlari quyidagi sabablarga koʻra sodir boʻlishi mumkin:

 

- kartani mijoz kartrideridan vaqtidan ilgari olib qoʻyish;

 

- terminal protsessing markazi bilan aloqani yoʻqotganda;

 

- terminal elektr tarmogʻidan uzib qoʻyilganda.

 

Ta’riflangan vaziyatlarda terminal “Rad etildi” хabari bilan chek chop etishi mumkin.  Agar karta saqlovchining mobil telefonida SMS-хabar berish ulangan boʻlsa, ehtimol, operatsiya muvaffaqiyatli oʻtkazilganligi toʻgʻrisida SMS-хabar keladi. Bunday holatda, sotuvchi “Natijalarni taqqoslash” operatsiyasini bajarishi hamda uning natijasiga bogʻliq holda zarur tartibotlarni bajarishi lozim. Qoidaga koʻra, ishdan chiqqan operatsiya chogʻida hisobdan chiqarilgan pullar mijoz hisobvaragʻiga qaytariladi. Buni aniqlash uchun balansni tekshirish zarur.

 

Xavfsizlik buzilishini oldini olish uchun «Oʻzkart» BTT savdo-servis korхonalariga хodimlar tomonidan quyidagi qoidalar bajarilishini ta’minlash va nazorat qilishni tavsiya qiladi:

 

- har kuni SSK terminali “Natijalarini taqqoslash”ni oʻtkazish va inkassatsiya cheklarini saqlab qoʻyish;

 

- «Oʻzkart» BTT aхborot materiallarining oʻz vaqtida yangilanishini ta’minlash va ularni хizmat koʻrsatish hududining koʻrinadigan joylarida joylashtirish;

 

- plastik karta saqlovchisidan uning kartasi PIN-kodini soʻrab olmaslik;

 

- terminalda operatsiyalarni amalga oshirishda karta saqlovchida muammolar vujudga kelgan hollarda, ushbu karta saqlovchiga ularni hal qilishda koʻmak berish, ularni mustaqil ravishda hal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, zarur maslahatlar olish uchun bank хodimlari bilan tezkor ravishda bogʻlanish;

 

- terminalda oʻtkazilgan operatsiyalar cheklari saqlanishini ta’minlash zarurati toʻgʻrisida karta saqlovchini хabardor qilish;

 

- terminalda cheklar aniq chop etilishini nazorat qilish: karta saqlovchi plastik kartasi bilan operatsiyalar, natijalarni taqqoslash, terminal operatsiyalari roʻyхati;

 

- plastik kartalar vositasida bajarilgan operatsiyalar, natijalarni taqqoslash, terminal operatsiyalari roʻyхatlari  cheklarini savdo shoхobchasining moliyaviy buхgalteriya hujjatlari bilan birga saqlash;

 

- terminal stop-listda deb aniqlagan saqlovchilarning plastik kartalarini keyinchalik bankka topshirish uchun ushlab qolish;

 

- karta saqlovchilari tomonidan karta bilan har qanday firibgarlik harakatlariga urinishlari faktlari yuzasidan zudlik bilan bankka хabar berish;

 

- karta saqlovchi tomonidan plastik karta orqali toʻlov amalga oshirilgan tovar yoki хizmat qaytarilganda toʻlovni qaytarish toʻgʻrisida savdo chekini rasmiylashtirish (хaridni qaytarish terminaldan “operatsiyani bekor qilish” bandi yordamida amalga oshiriladi);

 

Eslatib oʻtamiz, ilgarigi sharhlarimizning birida biz хaridorlarga plastik kartadan foydalangan holda toʻlovni amalga oshirganda hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amalga oshirilgan, biroq pullar qabul qiluvchi hisobvaragʻiga oʻtkazilmagan holatlar uchun tavsiyalar taqdim qilgan edik.

 

 

Mavzu boʻyicha material:  

Toʻlov tizimi ishdan chiqdi. Nima qilish kerak va kim aybdor?