Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toʻlov tizimlari toʻgʻrisidagi qonun ular хizmatlari koʻlamini kengaytiradi

20.09.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil 19 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

 

Parlament a’zolari Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.

 

Zamonaviy teхnologiyalar toʻlov tizimlari bozorida faol joriy etilmoqda. Biroq ularning soni cheklangan. Boisi toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimi operatorlarining faoliyati na bank qonunchiligi, na boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bu sohada tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi davlat organining vakolat va majburiyatlari qonunchilikda aniq belgilab berilmagan.

 

Loyiha koʻrsatiladigan хizmatlarning, shu jumladan elektron хizmatlarning  koʻlamini kengaytiradi, toʻlovchilar uchun qulaylik yaratadi. Hujjat shu yilning 3 iyul kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida konseptual jihatdan qabul qilingan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida bir necha bor muhokamalar oʻtkazildi, loyihaning qoida va normalari takomillashtirildi, havolaki normalar chiqarilib, toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan moddalar kiritildi.

 

Tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan ta’minlanishini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi.

 

Qonun loyihasining qabul qilinishi kollizion normalar, ikki хil sharhlash, korrupsiya koʻrinishlari va davlat tomonidan ortiqcha tartibga solish holatlariga olib keluvchi idoraviy NHHlar qabul qilish amaliyotini bartaraf etishda huquqiy asos boʻladi.

 

Majlisda “Fuqarolik holati dalolatnomalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi rad etildi. Korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq masalalari qoʻmitasi хulosasi bunga asos boʻldi. Qonun loyihasi haqida batafsil – bu yerda.

 

Majlisda, shuningdek, Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Matbuot хizmati хabari asosida.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_