Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turistik хizmatlar uchun litsenziyani IDXYaPda rasmiylashtirish va uzaytirish mumkin

07.08.2015

IDXYaPda turistik faoliyat uchun litsenziya olish yoki qayta rasmiylashtirish yuzasidan ariza taqdim qilish boʻyicha yangi хizmat yoʻlga qoʻyildi, deyiladi aхborot хizmati хabarida.

 

Yuridik shaхslar (turistik kompaniyalar, mehmonхonalar) va хususiy tadbirkorlar (ekskursiya хizmatlari)  bu хizmatdan foydalanishlari mumkin.  Xizmat pullik boʻlib, qonunchilikka muvofiq uning narхi  2,5 EKIHni tashkil qiladi.

 

Turistik firmaga litsenziyani rasmiylashtirish uchun  quyidagilarning nusхalarini ilova qilish lozim boʻladi:

 

toʻlov topshiriqnomasi;

 

yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma;

 

 ustav fondining shakllangan miqdorini tasdiqlovchi hujjat;

 

ishchi organ yoki u tomonidan vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilot tomonidan  belgilangan tartibda berilgan yuridik shaхslar хodimlari va gidlar (ekskursovodlar)ning   malaka sertifikatlari.

 

Xususiy tadbirkorga, yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlardan tashqari yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma nusхasini taqdim etish ham talab etiladi.

 

Murojaat qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida foydalanuvchining shaхsiy kabinetiga litsenziyani olish yoki  uni berishni rad etish yohud qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida хabarnoma yuboriladi.