Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti «zaifligini» qanday bartaraf etish mumkin Inspeksiyaga chaqirishganda oʻzingizni qanday tutishingiz kerak Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

Turistik toifadagi mashinalarni sertifikatlashtirish soddalashtirildi

22.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqladi (VMning 13.10.2018 yildagi 824-son qarori).

 

Endi olib kiriladigan, haydovchini hisobga olganda 8 nafar va undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan turistik toifadagi avtotransport vositalari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining iltimosiga binoan gʻildirakli transport vositalarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament talablari bilan tartibga solinadigan avtomashinalar roʻyхatidan chiqarib tashlandi.

 

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining хabar berishicha, ushbu qaror tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan. Ular Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi 237-son qaroriga muvofiq avtomobillarni sertifikatlashtirishga doir talablar kuchaytirilib, transport vositalarini rasmiylashtirishda qiyinchiliklar tugʻdirayotganidan shikoyat qilgan edilar.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_