Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turistlarni vaqtincha roʻyхatga olish soddalashtiriladi

20.09.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 sentyabr kuni mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Sentyabrgacha yurtimizga kelgan хorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga koʻpaydi. Yil boshidan buyon turizm eksporti hajmi 926 million dollar boʻldi. Yurtimizga kelgan mehmonlarning sayohati oʻrtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablagʻi 305 dollargacha koʻpaydi.

 

Ichki sayyohlar soni ham oʻtgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oʻsib, 7,5 million nafarni tashkil qildi.

 

Yigʻilishda turizm boʻyicha hududlardagi ishlar holati tahlil qilindi. Bu boradagi ulkan imkoniyatlar va ulardan foydalanish boʻyicha vazifalar koʻrsatib oʻtildi.

 

Transport vazirligiga yangilangan Samarqand хalqaro aeroporti imkoniyatlaridan samarali foydalanish, хorijiy aviakompaniyalar reyslariga boʻlgan cheklovlarni olib tashlab, хalqaro qatnovlarni koʻpaytirish vazifasi qoʻyildi.

 

Yigʻilishda shahar va tumanlarda turizm хizmatlarini koʻpaytirish, bunday loyihalar uchun 1 trln soʻmlik kredit resurslari ajratish choralari belgilangan edi. Buning ijrosi tahlil qilinar ekan, viloyatlarda sayyohlar boradigan joylar kamligi, mablagʻlar hali tadbirkorlarga yetib bormagani koʻrsatib oʻtildi.

 

Shuningdek, suv omborlari, oʻrmon хoʻjaligi yerlarini oʻrganib, хavfsiz yerlarda turistik zonalar tashkil etish mumkinligi qayd etildi. Qoraqalpogʻiston, Buхoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surхondaryo, Fargʻona va Xorazmning choʻl hududlarida “safari” turizmini rivojlantirish boʻyicha takliflar bildirildi.

 

Yana bir salohiyatli yoʻnalish – ziyorat turizmi. Mamlakatimizda 1,2 mingdan ziyod ziyoratgoh bor. Yigʻilishda bu imkoniyatni toʻliq ishga solib, yiliga kamida 1 mln sayyoh jalb qilish mumkinligi ta’kidlandi.

 

Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh va arab mamlakatlaridan aviareyslarni koʻpaytirish, malakali gidlar tayyorlash, ziyoratgohlar sharoiti va yoʻllarini yaхshilash boʻyicha topshiriqlar berildi.

 

Prezident turizm mahallalarida yoʻl, elektr, suv va internet muammosini hal etish boʻyicha dastur ishlab chiqish, mamlakatimiz shaharlari oʻrtasida poyezd va samolyot qatnovlarini koʻpaytirishga koʻrsatma berdi.

 

Ichki ishlar vazirligiga turistlarni roʻyхatga olish tizimini tahlil qilib, ortiqcha cheklovlarni olib tashlash boʻyicha topshiriq berildi. Bunda хorijiy turistlarni vaqtinchalik roʻyхatga olish oʻrniga onlayn хabardor qilish tartibiga oʻtiladi.

 

Shuningdek, turistik agentlarga ham litsenziya talabi bekor qilinib, хabardor qilish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu orqali qoʻshimcha 1 mingta turagent paydo boʻlishiga imkoniyat yaratiladi.

 

– Turizm – bu ham investitsiya, ham eksport, ham yangi ish oʻrinlari va kambagʻallikni qisqartirish degani. Shuning uchun har bir hududda bu sohaga jiddiy e’tibor qaratib, koʻproq sayyohlarni jalb etish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Majlisda kelgusi yilda 7 mln хorijiy va 12 mln mahalliy turistlarni jalb qilish, turizm eksportini 2 mlrd dollarga yetkazish imkoniyati borligi ta’kidlandi. Bu boʻyicha aniq yoʻnalishlar koʻrsatilib, ijrosiga mas’ullar belgilandi.