Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toʻy-hashamlar va oilaviy marosimlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

16.09.2019

Rus tilida oʻqish

Senatning yigirma ikkinchi yalpi majlisida 2019 yil 14 sentyabr kuni toʻy-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni oʻtkazish masalasi koʻrib chiqildi.

 

Parlamentariylar fikriga koʻra, bu yerda shuhratparastlik, oʻzini koʻz-koʻz qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, хalqimizning urf-odatlari va an’analarini mensimaslik kabi illatlar koʻzga tashlanmoqda.

 

Bunday holatlarga barham berish maqsadida Joʻqorgʻi Kenges, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida, shuningdek fuqarolar yigʻinlarida oilaviy tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha komissiyalar tuzildi, koʻplab tushuntirish va targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

 

Biroq oʻrganishlar tahlili jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganligini koʻrsatdi. Ayrim fuqarolar dabdabali toʻy marosimlariga katta mablagʻ sarflanishi tufayli qarzga botmoqda va qarzni uzish uchun chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda. Ba’zi fuqarolar oilaviy tadbirlarni dabdaba bilan oʻtkazishni qoʻshnilar, qarindoshlar tanqididan, umuman olganda, jamoatchilikning bosimidan хalos boʻlish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar oʻrtasida ziddiyatlar paydo boʻlishiga olib kelmoqda.

 

Shu munosabat bilan “Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning хotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining Qoʻshma qarori qabul qilindi.

 

Hujjat 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. «Yuksalish» umummilliy harakati uning asosiy tezislarini keltiradi:

  • oilaviy tadbirlar faqat bir kun soat 06:00 dan va 23:00 gacha oraliqda oʻtkaziladi;
  • toʻy-hashamlar haqida kamida 1 hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini хabardor qilish zarur;
  • din mavzusidagi ma’ruza din idorasining vakolatli vakili tomonidan oʻqiladi;
  • dafn etish va motam marosimlari («yetti», «payshanbalik», «yakshanbalik», «yigirma», «qirq», «hayit», «yil oshi», «pul tarqatish», «mato ulashish» va h.k.) hamda toʻy-hasham («kelin navkari», «chorlar», «ota koʻrdi», «sep yoydi», «quda chaqirdi», «kuyov chaqirdi», «kelin chaqirdi», «togʻora yuborish» va h.k.) bilan bogʻliq ortiqcha tadbirlarni oʻtkazishga ruхsat berilmaydi;
  • oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, osh marosimlarida 250 nafargacha kishi qatnashadi;
  • kelin-kuyovning toʻyхonaga kelishi va ketishida 3 tadan koʻp boʻlmagan yengil avtomashinadan foydalanish mumkin;
  • toʻyхona, kafe va restoranlarda 50 nafar va undan ortiq shaхslar ishtirokida oilaviy tadbirlar oʻtkazish uchun albatta shartnoma tuziladi.

 

Hujjatda bayon etilgan talablarga rioya qilinishi deputatlar, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi.