Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻrindoshlik asosidagi ish pensiyaga qanday ta’sir qiladi

03.03.2023

Rus tilida oʻqish

Pensiyani hisoblashda ish staji va oʻrindoshlik asosidagi daromad hisobga olinish-olinmasligini kadrovik.uz iltimosiga koʻra byudjetdan tashqari Pyensiya jamgʻarmasi ijroiya boshqarmasi metodologiya boʻlimi boshligʻi Farruх Pardayev tushuntirdi:

 

– Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga  quyidagilar kiritiladi :

  • 2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta badallari hisoblangan ish haqi koʻrinishidagi barcha daromadlar;
  • 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar.

 

Ushbu ish haqi asosiy ish joyi boʻyicha  ham, oʻrindoshlik asosidagi ish joyi boʻyicha ham olinishi mumkin.

 

Oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha ish haqi va pensiya miqdori

 

Oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha olingan ish haqi pensiya miqdori oshishiga ta’sir qilishi mumkin, lekin har doim ham emas.

 

Pensiyani hisoblash uchun PHBMning 12 baravaridan koʻp boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi qabul qilinadi . Agar asosiy ish joyi boʻyicha ish haqidan hisoblangan oʻrtacha oylik daromad PHBMning 12 baravaridan kam boʻlsa, oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar pensiya miqdoriga ijobiy ta’sir qiladi.

 

Agar asosiy ish joyidagi ish haqidan hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqi PHBMning 12 baravaridan oshsa, oʻrindoshlik asosidagi ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar pensiya miqdoriga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi.

 

Ammo, agar oʻrtacha oylik ish haqi miqdori cheklovi oshsa, kelgusida  bu ma’lumotlar  qoʻl kelishi mumkin.

 

Davomini kadrovik.uz da oʻqing.