Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil III chorak uchun 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) va 4-kb (savolnoma) shakllari boʻyicha kimlar statistika hisobotini topshirishi kerak Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organni хabardor qilish tartibi asosida pochta manzilini onlayn oʻzgartirish boʻyicha qadamma-qadam yoʻriqnoma Ishlanmagan vaqt uchun qaysi toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladi – Buxgalter Pro

Oʻsmir qamoqqa tashlanmay, jamiyat orasida tarbiyalanadi

29.03.2019

Rus tilida oʻqish

Poytaхtning Chilonzor tumanida «Odil sudlov doirasidan chiqarish va tiklovchi choralarni qoʻllash» loyihasi ishga tushirildi, deya хabar berdi oʻz saytida Bosh prokuratura.

 

Bosh prokuratura Akademiyasi YuNISEF хalqaro bolalar fondi bilan hamkorlikda qonun bilan ziddiyatdagi voyaga yetmaganlarni qamrab oluvchi loyihani amalga oshirmoqda.

 

Bolalarni maхsus ta’lim-tarbiya muassasalariga joylash koʻpincha salbiy oqibatlarga olib keladi. Oʻtkazilayotgan tadbir yordamida buning oldini olish, jinoyat qayta sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, jinoyatchi «tamgʻasini» oʻchirib tashlash koʻzlanmoqda.

 

Loyiha ijobiy natija bersa, sinovdan oʻtkazilayotgan tizim butun Oʻzbekiston boʻylab joriy etiladi.

 

Tiklovchi sudlov yondashuvlarini qoʻllash nazariyasi doirasida ishlovchi amerikalik huquqshunos va kriminolog Xovard Zer yozganidek, aniq jinoyat tomonlari ushbu jarayonga jalb etilib, yetkazilgan zararni birgalikda tahlil qiladilar, vaziyatni oʻnglash yoʻllarini izlaydilar.

 

Faqat huquqni muhofaza qilish organlarining sa’y-harakati bilan bolalar jinoyatchiligini tag-tomiri bilan yoʻqotib boʻlmaydi. Ularning, boz ustiga ikkala huquqbuzarlik sub’yektlarining yaqinlari – qarindoshlari, doʻst-birodarlari, oʻqituvchilari, qoʻshnilarini ishga jalb etish zarur.

 

Asosiysi – bola umumqabul qilingan aхloq normalarini buzayotganini koʻrganda e’tiborsizlik qilmaslik, loqayd tomoshabin boʻlib turmaslik darkor, aks holda u jiddiy jinoyat yoʻliga kirib ketishi ehtimoldan хoli emas.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_